Nosirova Gulira’no Abdulaziz qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining investision faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2207.
Ilmiy maslahatchi: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umidjon G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent shaxridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalarining investision faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalari investision portfelini shakllantirish bosqichlarini o‘zida mujassam etgan, investision faoliyatining mahsuldorligini yanada oshiruvchi hamda umumiy foydani ko‘paytiruvchi algoritm taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari investisiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarida investisiya jarayonida kutilmagan zararlarni oldini olish maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 55 foizigacha oshirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy resurslarni taqsimlash jarayonida ochiq tanlov o‘tkazish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urtalovchining investision faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
sug‘urta kompaniyalari investision portfelini shakllantirish bosqichlarini o‘zida mujassam etgan, investision faoliyatining mahsuldorligini yanada oshiruvchi hamda umumiy foydani ko‘paytiruvchi algoritmi taklifi “ALSKOM” AJ tomonidan investision faoliyatiga joriy etilgan (“ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyasining investisiyalar hajmi 93,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini bergan;
sug‘urta kompaniyalari investisiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklifi “ALSKOM” AJ tomonidan investision faoliyatni tashkil etishda foydalangan (“ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘sh pul mablag‘larini moliyaviy investisiyalarga yo‘naltirish xajmi 8,3 milliard so‘mni tashkil etib, moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni 1,2 foizga oshirish imkonini bergan;
sug‘urta kompaniyalarida investisiya jarayonida kutilmagan zararlarni oldini olish maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 55 foizigacha oshirish taklif “ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkoniyati yaratilgan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy resurslarni taqsimlash jarayonida ochiq tanlov o‘tkazish taklifi “ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan investision faoliyatni tashkil etishda foydalangan (“ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada investision faoliyatini samarali boshqarish imkon bergan sug‘urta mukofotlarini 44,1 mlrd.sumga o‘sishiga erishilgan.