Islomov Akmal Xushvaqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lagochilus inebrians o‘simligi asosida qon to‘xtativchi tovarlar olish va ulardan xalq tabobatida foydalanish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/K138.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turaev Abbosxon Sabirxonovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSs.03/29.10.2021.K/T.60.05
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xolboev Yusufjon, kimyo fanlari doktori, dotsent; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lagochilus inebrians o‘simligi asosida tarkibida gemostatik faollikka ega bo‘lgan birikmalar saqlagan qon to‘xtatuvchi tovarlar olish, ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va biologik faolligini aniqlash asosida tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor L.inebrians Bunge o‘simligi urug‘idan vegetatsiya (o‘sish) davrida tarkibidagi LG va AsLG hosil bo‘lishi hamda o‘simlik urug‘i tarkibidagi mineral elementlar miqdori aniqlangan;
ilk bor o‘simlik moyi asosida Lagochilus inebrians o‘simligining moyli ekstrakti olingan va gemostatik faollikka ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor GK, GKMAT va GKMKT bilan LG, MIPL, DIPL hamda TetAL ning turli molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar kompleks birikmalari olingan hamda ularning fizik-kimyoviy parametrlari va tuzilishi spektral usullar yordamida aniqlangan;
olingan supramolekulyar komplekslarning gemostatik faolliklari o‘rganilib, GKMAT:TetAL (2:1) nisbatdagi kompleks eng yuqori gemostatik faollikka ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor GMP rusumidagi qurilmada L.inebrians Bunge o‘simligining suvli ekstrakti asosida “Inebrin” gemostatik vositaning substansiyasi va tabletka dori shakli tayyor mahsulot sifatida ishlab chiqilgan;
L.inebrians Bunge o‘simligi asosida ishlab chiqilgan “Inebrin” substansiyasi va tabletka dori vositalari uchun TIFTN bo‘yicha tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lagochilus inebrians o‘simligi asosida tarkibida gemostatik faollikka ega bo‘lgan birikmalar saqlagan qon to‘xtatuvchi tovarlar olish, ularni tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi tovar kod raqamlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“3,15,16,18-tetraatsetil-9,13-epoksilabdana (lagoxilin)ning 3-o-(2-o-β-D-glyukuronopiranozil)-β-D-glyukuronopiranozid-3-β-gidroksi-11-okso-12-en-18β-N, 20β-olean-30- (glisirrizin) kislotasi monoammoniyli tuzi bilan gemostatik faollikka ega suvda eruvchan kompleksi” uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 06036, 2019 y.). Natijada, o‘simliklar asosida tarkibida gemostatik faollikka ega bo‘lgan tovar nomenklaturasini kengaytirish imkonini bergan;
Lagohilus inebrians Bunge o‘simligiga farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi” tomonidan tasdiqlangan (FM 42 Uz-0318-2022). Natijada, qon ketishini oldini oluvchi damlamalar, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) olishda boshlang‘ich xomashyo sifatida qo‘llash imkonini bergan;
Lagohilus inebrians Bunge o‘simligini suvli quruq ekstrakti asosida “Inebrin” substansiyasi olingan va farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi” tomonidan tasdiqlangan (FM 42Uz-2535-2022). Natijada, qon ketishini to‘xtatuvchi dori vositalari va biologik faol qo‘shilmalari (BFQ) ishlab chiqarishda qo‘llash imkonini bergan; uyg‘unlashgan tizim qoidalariga binoan "Inebrin" va "Lagolipid" dori vositalari va tetraatsetillagoxilin birikmasiga uyg‘unlashgan tizim qoidalari asosida "qon to‘xtaruvchi dori vositalari, yoki qon to‘xtatuvchi dori vositalari tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi birikmalar" uchun – 3004900003 ishlab chiqilgan tovar kodlari bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 23 dekabrdagi 16/05-22-0742-son ma’lumotnomasi). Natijada, lagoxilin o‘simligi asosida olingan qon to‘xtatuvchi dori vositalarini sinflash imkonini bergan.