Maxnyov Artyom Aleksandrovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Miyeloproliferativ kasalligining markeri JAK2 V617F mutasiyasini PZR tahlili orqali aniqlash”, 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B129
Ilmiy rahbar: Azimova Shahnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/QX.10.06.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: JAK2 V617F mutasiyasini aniqlaydigan sifatli RV-PZRni - onkologik kasallikning rivojlanish darajasini aniqlash va davolashni kuzatish uchun «sog‘lom» hamda mutasiyaga uchragan DNK miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun mahalliy PZR diagnostikumini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
JAK 2 V617F Yanus kinaza geni mutasiyasini aniqlaydigan allel-spesifik PZR tahlilning sezgirligi va o‘ziga xosligini oshirishga imkon beradigan yangi praymerlar ishlab chiqilgan, buning uchun nukleotidlar ketma-ketligi to‘grisidagi ma’lumotlarni biotexnologik axborotlar milliy markazi bazasiga asoslanib dizaynlashtirilgan;
Ilk bor «Sog‘lom» va mutasiyaga uchragan DNK JAK2 genining o‘ziga xos qismiga 20-35 nukleotid uzunlikdagi praymerlar sintez qilingan;
Sintez qilingan oligonukleotidlarni tozalash usullari takomillashtirilgan; 
RV PZR tahlilini o‘tkazish uchun sharoitlar (PZR bufer tarkibi, oligonukleotid konsentrasiyasi, tahlil dasturi va natijalarni tahlil qilish) ishlab chiqilgan;
Ilk marotaba O‘zbekistonda saraton kasalligini davolash monitoringi uchun bir vaqtning o‘zida «sog‘lom» va «mutasiyaga uchragan» DNK miqdori o‘rtasidagi nisbatini aniqlash uchun gibridizasion-fluoressent deteksiya usuli yordamida PZR tahlili ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Miyeloproliferativ kasalligining markeri JAK2 V617F mutasiyasini PZR tahlili orqali aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“Multipleks PZR tahlili orqali JAK2 V617F mutasiyani aniqlash uchun fluoressentli belgilangan allelga xos praymerlar” uchun O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi patenti olingan (patentning ro‘yxatga olingan raqami № IAP06914). Natijada JAK2 V617F mutasiyani aniqlash uchun PZR test to‘plamini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan; 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalarida foydalanish mumkin bo‘lgan mahalliy PZR diagnostikum “Miyeloleykoz rivojlanishida inson DNK sidagi JAK2 V617F mutasiyalarini aniqlash uchun reagentlar to‘plami” - «PZR-JAK2 V617F» ishlab chiqilgan (ro‘yxatga olingan raqami TB/M 00396/06/20). Natijada JAK2 V617F mutasiyani aniqlash uchun mahalliy PZR test to‘plamini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi Tajriba ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish