Xallieva Nargiza Rozikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasini rivojlantirishning aholi bandligini ta’minlashga ta’siri (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022-11-16 V 2020.2.PhD/Iqt1250.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sayfitdinov Shuxrat Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda, xususan Buxoro viloyati hududida turizm sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy mehmon uylarini tashkil etish xarajatlarining 30%gacha miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash asosida turistlarga mehmonxona xizmati hajmini oshirish orqali aholining qo‘shimcha bandligini ta’minlash taklif etilgan;
mahalliy va xorijlik turistlarga sayohat jarayonida qulaylik yaratish maqsadida aeroport hamda temir yo‘l vokzallari yonida mahalliy aholi tomonidan avtomobillarni ijaraga berish va avtomobillarga engil xizmat ko‘rsatish turlarini tashkil etish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish asoslangan;
Buxoro amirligi tarixiga oid hali keng jamoatchilik e’tiboriga etkazilmagan muhim ma’lumotlar, noyob qiziqarli eksponatlar bo‘yicha keng va batafsil yoritib beruvchi qo‘shimcha taqdimot xonalari hamda oynavand ekspozisiyalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha mutaxassislar va muzey xodimlari bandligini ta’minlash taklifi asoslangan;
Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirish orqali aholini bandligini ta’minlashning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasini rivojlantirishning aholi bandligini ta’minlashga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilaviy mehmon uylarini tashkil etish xarajatlarining 30%gacha miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash asosida turistlarga mehmonxona xizmati hajmini oshirish orqali aholining qo‘shimcha bandligini ta’minlash taklifi Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan “Viloyatda turizm salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning o‘z turar joylaridan unumli foydalanishi hamda turizm sohasida 25 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini yaratgan;
mahalliy va xorijlik turistlarga sayohat jarayonida qulaylik yaratish maqsadida aeroport hamda temir yo‘l vokzallari yonida mahalliy aholi tomonidan avtomobillarni ijaraga berish va avtomobillarga engil xizmat ko‘rsatish turlarini tashkil etish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish taklifi Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan “Viloyatda turizm salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi turistlar uchun engillik va qulayliklar yaratish hamda turizm imidjini oshirish imkonini bergan;
Buxoro amirligi tarixiga oid hali keng jamoatchilik e’tiboriga etkazilmagan muhim ma’lumotlar, noyob qiziqarli eksponatlar bo‘yicha keng va batafsil yoritib beruvchi qo‘shimcha taqdimot xonalari hamda oynavand ekspozisiyalarni tashkil etish orqali qo‘shimcha mutaxassislar va muzey xodimlari bandligini ta’minlash taklifi Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan “Viloyatda turizm salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi viloyatdagi tarixiy manbalarni jamoatchilikka keng targ‘ib etish, muzeylar va ko‘rgazmalar salohiyatidan foydalanishni kengaytirish asosida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish hamda turistlar oqimini oshirishga imkon yaratgan;
Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirish orqali aholini bandligini ta’minlashning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan “Viloyatda turizm salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi viloyatda uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish orqali aholini bandligini ta’minlashning prognoz parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish