Xojiev Elshod Yoqub o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rik mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2277.
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmurodov Diyor Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rik mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rik mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda xalqaro bozorlarga mahsulotni moslashtirish strategiyasini qo‘llash orqali eksport hajmini oshirish asoslangan;
o‘rik mahsulotlarini tashqi bozorlarga etkazib berishda xorijiy xaridorning mahsulot tarqatish markazlarida yoki chakana savdo tarmoqlarining omborxonalarida o‘rik mahsulotining sifatini nazorat qilish borasidagi marketing va tijorat standartlariga oid talablarni ta’minlash orqali eksport hajmini oshirish asoslangan;
marketing tadqiqotlari asosida o‘rik mahsulotlarini eksport qilishda yaqin xorijiy mamlakatlardagi yangi pishgan hamda quritilgan o‘rik eksporti uchun eng katta salohiyatga ega bozorlar sig‘imini aniqlash asosida qondirilmagan talab va yangi eksport bozorlariga chiqish strategiyasiga ko‘ra qo‘shimcha eksport qilish imkoniyatidan foydalanish taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi o‘rik etishtiriladigan maydon hajmi, yig‘ilgan yalpi hosil, aholi soni va tashqi bozorlarga etkazib berilayotgan o‘rikning o‘rtacha narxi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda o‘rik mahsulotlari eksporti salohiyatini oshirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rik mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
«Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rik mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda xalqaro bozorlarga mahsulotni moslashtirish strategiyasini qo‘llash orqali eksport hajmini oshirish taklifi Samarqand viloyatidagi «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi va Farg‘ona viloyatidagi «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi 11/05-15-8798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 145,5 ming AQSh dollari miqdoridagi o‘rik mahsuloti eksport qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 73,1 foizga o‘sishga, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi tomonidan o‘rik mahsuloti Germaniyaga, «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘rik Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinishiga erishilgan;
o‘rik mahsulotlarini tashqi bozorlarga etkazib berishda xorijiy xaridorning mahsulot tarqatish markazlarida yoki chakana savdo tarmoqlarining omborxonalarida o‘rik mahsulotining sifatini nazorat qilish borasidagi marketing va tijorat standartlariga oid talablarni ta’minlash orqali eksport hajmini oshirish taklifi «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi 11/05-15-8798-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligining Germaniyaga eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,5 foizga o‘sdi (2021 yilning ikkinchi choragida «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi tomonidan 13,3 ming AQSh dollari miqdoridagi o‘rik mahsuloti Germaniyaga eksport qilingan). «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatining eksport geografiyasi kengaygan;
marketing tadqiqotlari asosida o‘rik mahsulotlarini eksport qilishda yaqin xorijiy mamlakatlardagi yangi pishgan hamda quritilgan o‘rik eksporti uchun eng katta salohiyatga ega bozorlar sig‘imini aniqlash asosida qondirilmagan talab va yangi eksport bozorlariga chiqish strategiyasiga ko‘ra qo‘shimcha eksport qilish imkoniyatidan foydalanish taklifi «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi va Farg‘ona viloyatidagi «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning eksport geografiyasini kengaytirish va qondirilmagan talab mavjud bozorlarga mahsulotni etkazib berishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi 11/05-15-8798-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi va Farg‘ona viloyatidagi «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning o‘rik mahsulotlari eksport geografiyasini kengaytirish va qondirilmagan talab mavjud bozorlarga mahsulotni etkazib berish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistondagi o‘rik etishtiriladigan maydon hajmi, yig‘ilgan yalpi hosil, aholi soni va tashqi bozorlarga etkazib berilayotgan o‘rikning o‘rtacha narxi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda o‘rik mahsulotlari eksporti salohiyatini oshirishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan «Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi va Farg‘ona viloyatidagi «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi 11/05-15-8798-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida«Maroqand meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Naim diyorbek kishmish bog‘lari» fermer xo‘jaligi va Farg‘ona viloyatidagi «Isfayramsoy export savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining uzoq muddatli o‘rik mahsulotlari eksport parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.