Maxmudov Azamat Normuradovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xarajatlar va daromadlarning boshqaruv hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt2468. 
Ilmiy maslahtchi: Xasanov Bahodir Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.  
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil sanoat korxonalarida xarajatlar va moliyaviy natijalarning boshqaruv hisobi hamda auditi metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xarajatlarni hisob yuritish amaliyotida moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va soliq hisobiga oid xarajatlarga bo‘lish asosida amaldagi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida «Xarajatlar» nomli bo‘lim tarkibiga kiritiladigan kal`kulyasion hamda kontraktiv schetlarni BHXSga adaptatsiya qilish orqali xarajatlar hisobi va auditini amalga oshirish samaradorligini oshirish, axborotlar aniqligini ta’minlash asoslangan;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini baholash uchun Namunaviy schetlar rejasidagi 2020-«Tugallanmagan ishlab chiqarish» schetini schetlar rejasining 7-bo‘limiga ko‘chirish orqali xarajatlarning soliq solinadigan bazaga qayta qo‘shilishi talabini bartaraf etish taklifi asoslangan;
xarajatlarning boshqaruv hisobida «1UZ» dasturini qo‘llash maqsadida «Tannarx» nomli bo‘lim va unga mos subkontolar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni kiritish asosida hisob yuritishning aniqligini oshirish hamda amaldagi buxgalteriya hisobi schyotlarini xalqaro standartlarga transformatsiya qilish taklifi ishlab chiqilgan;
engil sanoat korxonalari faoliyatining auditi jarayonida moliyaviy barqarorlikni aniqlashda bank-moliya tizimida kredit portfeli auditini rejalashtirishga ixtisoslashgan elektron dastur va uning ilovasidan foydalanish asosida xalqaro kompleks dasturga o‘tish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda tikuv-trikotaj korxonalarining mahsulot tannarxi va moliyaviy natijalariga inflyasiya, soliqlar va bank kreditlari ta’siri asosida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2025 yilga qadar maqsadli parametrlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etishning metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari asosida:
xarajatlarni hisob yuritish amaliyotida moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va soliq hisobiga oid xarajatlarga bo‘lish asosida amaldagi buxgalteriya hisobi schetlar rejasida «Xarajatlar» nomli bo‘lim tarkibiga kiritiladigan kal`kulyasion hamda kontraktiv schetlarni BHXSga adaptatsiya qilish orqali xarajatlar hisobi va auditini amalga oshirish samaradorligini oshirish, axborotlar aniqligini ta’minlash bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 03/06-2829-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajatlarni guruhlarga bo‘lib hisobini yuritish orqali xarajatlar hisobi va auditini yuritish samaradorligi oshishiga, axborotlarning ishonchliligini ta’minlanishiga olib kelgan;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini baholash uchun Namunaviy schetlar rejasidagi 2020-«Tugallanmagan ishlab chiqarish» schetini schetlar rejasining 7-bo‘limiga ko‘chirish  orqali xarajatlarning soliq solinadigan bazaga qayta qo‘shilishi talabini bartaraf etish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 03/06-2829-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya hisobi schetlarini xalqaro standartlarga transformatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
xarajatlarning boshqaruv hisobida «1UZ» dasturini qo‘llash maqsadida «Tannarx» nomli bo‘lim va unga mos subkontolar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni kiritish asosida hisob yuritishning aniqligini oshirish hamda amaldagi buxgalteriya hisobi schyotlarini xalqaro standartlarga transformatsiya qilish taklifi «ABS FINANS AUDIT» auditorlik tashkiloti, «OSIYo GRAND TEKSTIL» MChJ va «ChINOZ TEXTILE» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan («ABS FINANS AUDIT» auditorlik tashkilotining 2022 yil 28 sentyabrdagi 5-con, «OSIYo GRAND TEKSTIL» MChJning 2022 yil 19 sentyabrdagi 75-son va «ChINOZ TEXTILE» MChJning 2022 yil 20 sentyabrdagi 125-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik riskini pasaytirish va tekshiruvlarning muhimliligini oshirishni xalqaro standartlar asosida tashkil etish imkoniyati yuzaga kelgan;
engil sanoat korxonalari faoliyatining auditi jarayonida moliyaviy barqarorlikni aniqlashda bank-moliya tizimida kredit portfeli auditini rejalashtirishga ixtisoslashgan elektron dastur va uning ilovasidan foydalanish asosida xalqaro kompleks dasturga o‘tish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va «ABS FINANS AUDIT» auditorlik tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 03/06-2829-son, «ABS FINANS AUDIT» auditorlik tashkilotining 2022 yil 28 sentyabrdagi 5-con ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Audit sampling» (Auditorlik tanlash) nomli dasturning milliy bosqichidan xalqaro «SoftExpert Audit» kompleks dasturiga o‘tish bosqichlarini ishlab chiqishga erishilgan;
O‘zbekistonda tikuv-trikotaj korxonalarining mahsulot tannarxi va moliyaviy natijalariga inflyasiya, soliqlar va bank kreditlari ta’siri asosida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan maqsadli parametrlarining prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «BETLIS TEKSTIL» MChJ va «ChINOZ TEXTILE» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 03/06-2829-son, «BETLIS TEKSTIL» MChJning 2022 yil 19 sentyabrdagi 52-son, «ChINOZ TEXTILE» MChJning 2022 yil 20 sentyabrdagi 125-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik sub’ektlarining strategik rivojlanish tendensiyalarini baholash va optimal qarorlar qabul qilish uchun ilmiy asoslangan axborotlar bilan ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish