O‘rinov Uyg‘un Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped158.   

Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna pedagogika fanlari doktori, professor, Olimov Shirinboy Sharopovich pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar ta’limida manfaatli ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

kasb-hunar kollejlari faoliyatini tashkil etuvchi hududiy-boshqaruv tuzilmalar doirasini kengaytirish hamda ularning ishtirokini yaxlitlik, barqarorlik va innovatsionlik tamoyillari asosida faollashtirish orqali ijtimoiy hamkorlikning o‘zaro manfaatli va istiqbolli imkoniyatlari  ochib berilgan;

bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning mazmuniy-metodik, kriterial-diagnostik va protsessual kabi tashkiliy komponentlari integratsiyasi va uzviyligini ta’minlash orqali ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish jarayoni takomillashtirilgan;

ishlab chiqarish muhitining dinamik o‘zgaruvchan talablariga mos kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi o‘zaro izchil bog‘langan faoliyatlar ijtimoiy funksiyalarini (ichki hamkorlik, integratsiya, statistik va prognoztik tahlil) chuqurlashtirish va ularni amalga oshirish bosqichlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;

kasb-hunar kollejlarida ish beruvchilarning talab va ehtiyojlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida maxsus fanlar o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kasb–hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

bo‘lajak mutaxassislarni o‘zaro bog‘langan faoliyatlar ijtimoiy funksiyalarini chuqurlashtirish va ularning izchilligini optimallashtirish orqali ularda o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha namunaviy o‘quv reja asosida ijtimoiy hamkorlar jalb qilingan holda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan 3620501-“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi” kasbi bo‘yicha ishchi o‘quv reja takomillashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 9-03-2777-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar kasb–hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi;

“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi” kasbi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlari mashina va jihozlari” fanidan namunaviy dastur asosida ishchi o‘quv dasturining kompetensiyaviy yondashuv asosida yangi tuzilmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish jarayoni takomillashtirishga xizmat qiladi;

bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning mazmuniy-metodik, kriterial-diagnostik va protsessual kabi tashkiliy komponentlari integratsiyasi va uzviyligini ta’minlash orqali ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv reja va ishchi o‘quv dasturlari hamda o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘yicha “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” monografiyasi va “Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish metodikasi” nomli metodik qo‘llanma tajriba-sinov maydonlari amaliyotiga tatbiq etilgan va olingan natijalar tadqiqot ishining samaradorligi asoslangan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot jarayonida chop etilgan monografiya va o‘quv qo‘llanma tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish