Gaffarov Laziz Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped3749.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01. 
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘quvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini loyihalashtirishning tashkiliy, pedagogik, metodik komponentlari professional ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonining innovatsion infratuzilmasini ishlab chiqish asosida optimallashtirilgan;
professional ta’limning kasbiy mobillik, barqarorlik va dinamik o‘zgaruvchanlik kabi xususiy tamoyillaridan foydalanish orqali kasbiy kompetentlikni rivojlantirish modeli kasbga o‘qitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashda kasb va mutaxassisliklarning o‘ziga xos murakkablik darajasini hamda o‘qitish muddatlarini tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida belgilash natijasida takomillashtirilgan;
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitishni tashkil etishda o‘quvchilarni bilim olishi va o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan mustaqil rivojlanishiga qaratilgan “Asynchronous training”, “Scaffolding” va “Returned class” innovatsion ta’lim texnologiyalari konvergensiya tamoyillari asosida takomillashtirilgan;  
o‘qitish jarayonining innovatsion muhitida o‘quvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashda o‘qitish samaradorligini tekshirishga yo‘naltirilgan o‘quv metodik va dasturiy ta’minot oddiydan murakkabga o‘tish tamoyillarini qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan  variativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini loyihalashtirishning tashkiliy, pedagogik, metodik komponentlarini hamda professional ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonining innovatsion infratuzilmasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ta’limning xalqaro standart tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi 89-02-769-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari pedagogika kollejlarida o‘qitish jarayonida amaliyotga joriy etilgan;
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish jarayonida konvergensiya tamoyillari asosida umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitishda hamda mustaqil kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan  “Asynchronous training”, “Scaffolding” va “Returned class” innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirilganligi bo‘yicha xulosalar pedagogika kollejlarining 04.11.02.02- «Maktabgacha ta’lim» va texnikumlarning 5.52.01.01- “Kompyuter injiniring” kasblarini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi 89-02-769-sonli ma’lumotnomasi); Natijada professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitishni samarali tashkil etishga erishilgan;
o‘qitish jarayonining innovatsion muhitida o‘quvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashda o‘qitish samaradorligini tekshirishga yo‘naltirilgan o‘quv metodik va dasturiy ta’minot oddiydan murakkabga o‘tish tamoyillarini qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan  variativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlari, kreativ xarakterdagi amaliy mashg‘ulotlar ishlanmalari “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 avgustdagi 89-02-769-sonli ma’lumotnomasi); Natijada professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida sohasiga oid kasbiy kompetentligi rivojlanishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish