Qarshiev Murodulla To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Engil benzin fraksiyasini izomerizatsiyalash jarayoni uchun katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3226.
Ilmiy rahbarlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamkulova Nargisa Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil benzin fraksiyasini katalitik izomerizatsiyalash jarayoni uchun alyumopalladiyli katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izomerizatsiya jarayonlarida kimyoviy reaksiya tezligi konstantasi 5,61 1/sek bo‘lganda benzolni gidrirlanishi ilmiy asoslangan;
benzin fraksiyalari uglevodorodlarini izomerizatsiya jarayonlarida o‘zgarish sxemasi ishlab chiqilgan;
xlorlangan alyuminiy oksidi yuzasida L`yuis kislota markazlari va Brensted kislota markazlari mos ravishda 62 va 41 mkmol`/g miqdorlarda mavjudligini ilmiy asoslangan;
0,1% miqdorda katalizatorga palladiyning qo‘shilishi katalizatorning umumiy kislotaligini 103 dan 83 mkmol`/g gacha pasaytirishi isbotlangan;
b.q.h. – 700S haroratlar oralig‘ida qaynovchi benzin fraksiyasi 0,2 % palladiy saqlagan alyumopalladiyli katalizatorida 140 0S harorat va 3 MPa bosim ostida izomerizatning oktan soni 70 dan 82 punktgacha oshgani isbotlangan;
shimdirish usulida xlorlangan alyuminiy oksidi va palladiy nitrat tuzi asosida alyumopalladiyli katalizator olishning prisipial texnologik sxemasi va katalizatorning olish resepturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Engil benzin fraksiyasini izomerizatsiyalash jarayoni uchun katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sintez qilingan Al2O3-Cl/Pd-2 va Al2O3-Cl/Pd-3 katalizatorlari “O‘zbekneftegaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da izomerizatsiya jarayonlariga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2022 yil 7 noyabrdagi 935/G‘K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida aromatik uglevodorodlar miqdori Evrostandartlarga javob beruvchi AI-95 va AI-98 avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
Al2O3-Cl/Pd-3 yuqori faollikka ega izomerizatsiya katalizatorlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zbekneftegaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati” ga kiritilgan (“O‘zbekneftegaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2022 yil 7 noyabrdagi 935/G‘K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot usulida oktan soni 70 punktga ega engil benzin fraksiyasidan tadqiqot usulida oktan soni 82,9 punktga ega bo‘lgan yuqori oktanli benzin komponenti ishlab chiqarish imkonini beradi.