Turg‘unova Nasiba Mamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan yallachilik san’ati an’analari”, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/San7.
Ilmiy rahbar: Ibrohimov Oqilxon Akbarovich, san’atshunoslik fanlari doktori, pofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti,DSc.27.06.2017.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxadjaeva Saida Sobitxonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Jo‘raev Mamatqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan yallachilik san’atining ijodkorlik, ijrochilik va ustoz-shogird an’analarini tizimli tadqiq qilish hamda ularning hozirgi davr o‘zbek musiqa madaniyatidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yallachilik san’atining tarixiy kelib chiqish manbalari qadimgi davrga oid diniy-e’tiqodlar, xalq marosimlari, ommaviy bayram va urf-odatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ayollar musiqa ijodining negizini tashkil etgan ohang lug‘ati trixordlardan iboratligi hamda ularning mungli semantik mazmuni ochib berilgan;
kuy, so‘z va raqs unsurlari mushtarak yallachilik san’atida trixordlarning turlicha ritmik-usullar bilan bog‘lanishi o‘laroq xilma-xil badiiy obrazlar namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Namangan yallachilik san’atida o‘zbek ayolining ruhiy kechinmalari, milliy mentaliteti va borliqni nozik his qilish jarayonlari o‘ziga xos parda-ohang va ritm-usullari vositasida ifodalanishi yoritib berilgan;
yallachilik san’atiga xos xususiyatlarni o‘rganish natijasida olingan xulosalar o‘zbek musiqashunosligi uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlarni tashkil etadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan yallachilik san’ati an’analari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yallachilik san’ati bilan bog‘liq o‘zbek musiqashunosligi va musiqiy ta’limda qo‘llanilayotgan “yalla”, “qo‘shiq”, “ashula” janrlari hamda “yallachi”, “satang”, “sozanda”, “xalfa” kabi san’atkorlik nomlari hamda musiqaga oid nazariy xulosalar F1-FA-O-10304 (FA-F1-G032) raqamli “Markaziy Osiyo san’atida tarixiy davomiylik: badiiy maktablar, uslublar va texnologiyalar (qadimgi davrlardan bugungi kungacha) (2012-2016)” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 martdagi № 3/1255-658-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida Namangan yallachilik san’atining mazmuni va unda qo‘llanib kelinayotgan janrlar mohiyati ochib berilgan;
yallachilik san’atining mahalliy musiqiy uslublar doirasida tutgan o‘rni va bu san’atga taalluqli qo‘shiq, lapar va yalla janrlarining tavsifi umumta’lim maktablarining 4 va 7-sinflar uchun 2015 va 2017 yillari chop etilgan “Musiqa” darsliklarida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 15 martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar milliy musiqiy qadriyat, shu jumladan, ayollar musiqa ijodiga oid aniq nazariy bilimga ega bo‘lganlar;
tadqiqotchi yallachilik san’atining tarixiy, nazariy, ijodiy va ijrochilik masalalariga doir muhim fikrlari Namangan viloyat teleradiokompaniyasi “Ma’naviyat” dasturining 103,6 to‘lqini “Oltin zamin” radio eshittirishida hamda “Diyor 24” televizion axborot dasturi senariysida foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 11 noyabrdagi 08-02.175-son va 2017 yil 21 dekabrdagi 08-02-734-son ma’lumotnomalari). Natijada teletomoshabin va radio tinglovchilar ushbu masalalar yuzasidan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.