Abdullaev Masharib Saydamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm amaliy bezak-san’atining rivojlanish tarixi (XVI asr–XX asr boshlari)”, 17.00.04–Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San43.
Ilmiy rahbar: Hakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.27.06.2017.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Abdullaeva Shaxlo Qurbonbo‘rievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xiva xonligi davrida Xorazm amaliy san’atining asosiy rivojlanish bosqichlari va badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVI–XX asr boshida Xorazm amaliy san’atining tadrijiy rivojlanish xususiyatlari va tarixiy-badiiy o‘ziga xosligi ko‘rsatib berilgan;
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning hunarmandchilikka o‘tkazgan salbiy yoki ijobiy ta’siri san’atshunoslik tahlili orqali tarixiy davrlar kesimida asoslangan;
Xorazm amaliy san’atining kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi turlarini mahalliy xususiyatlari aniqlangan;
Xorazm badiiy hunarmandchiligi naqsh tizimining kosmogonik, narsa-buyum, zoomorf, islimiy va girih naqshlari tasniflangan;
Xorazm me’morchiligi va amaliy san’atining uyg‘unligi Xiva shahridagi me’moriy inshootlar bezaklari orqali ko‘rsatilgan;
Xorazm amaliy san’atining yo‘qolib ketgan turlarini va badiiy-texnologik uslublarini tiklash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadiqot natijalarning joriy qilinishi:
Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi amaliy san’ati, kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi turlarini buyumlarini katalogizatsiya va inventarizatsiya qilishda, ekpozisiyalarni boyitishda hamda ekskursiya jarayonlarida keng foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 01-11-08-334-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi muzeyning ish samaradorligini oshirgan, sayyohlarga eksponatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishda va amaliy san’atni keng targ‘ib qilishda qo‘llanilgan;
Xorazm Ma’mun akademiyasi qoshidagi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozisiyasini tashkil qilishda, ekskursiya jarayonlarida va doimiy ekspozisiyaning elektron variantini yaratishda tatbiq etilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 23 yanvardagi 3/1255-172-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbiqi doimiy ekspozisiyaga sayyohlar qiziqishini orttirgan va Xorazm amaliy san’atini ommalashtirishga xizmat qilgan;
Xorazm Ma’mun akademiyasida Fundamental tadqiqotlar dasturlari doirasida 2014–2015 yillarda bajarilgan IG–9.14 shifrli “Janubiy Orolbo‘yi madaniy merosini ilmiy tadqiq qilish va ular bo‘yicha “ma’lumotlar bazasi”ni yaratish (me’moriy yodgorliklar va amaliy san’at misolida)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 23 yanvardagi 3/1255–172-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm amaliy san’ati namunalarining ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan va madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlashda amaliy san’at bezaklarini qo‘llashning ayrim nazariy muammolarini echimi sifatida xizmat qilgan.
me’morchiligi va amaliy san’atining uyg‘unligi Xiva shahridagi me’moriy inshootlar bezaklari va me’morchiligi va amaliy san’atining uyg‘unligi Xiva shahridagi me’moriy inshootlar bezaklari materiallari, ilmiy xulosalari va tavsiyalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Xorazmnoma”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradio-kompaniyasining 2018 yil 18 yanvardagi 10/18–27-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Xorazm amaliy san’atini saqlash, ta’mirlash va xalqimizga namoyish etishda muhim o‘rin tutgan.