Abdullaeva Muslima Axatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada nurlanish kasalligi fonida me`yorda va biostimulyator ta`sirida aorta devorining majmuaviy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. DSc/Tib646.
Ilmiy rahbar: Teshaev  Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boltiq fedaral universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nurlanish kasalligi negizida me’yorda va biostimulyator ta’sirida quyonlarning aorta devori qatlamlarining  morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk maratoba tajribada sharotida nurlanish kasalligida gamma nurlanishni oldini olishda quyonlarga biostimulyatordan foydalanishning standart qiymati aniqlangan;
ASD-2 biostimulyatori yordamida nur kasalligi bilan zararlangan quyonning aorta devori qatlamlarining turli sohalarida morfologik parametrlari asoslangan;
ilk bora quyon aorta devori qatlamlarida yosh aspektida, me’yoriy sharoitda va nurlanish kasalligida ASD-2 biostimulyatori yordamida korreksiya qilingan holda yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlari asoslangan;
quyon aorta devori qatlamlarining morfometrik parametrlarini me’yoriy yosh aspektida baholash, aorta devorining strukturaviy o‘zgarishlari turli patogen omillar ta’sirida yosh aspektida organizmda sodir bo‘ladigan immunologik jarayonlarning murakkab mexanizmini isbotalangan;
surunkali nurlanish kasalligi bilan xastlangan quyonlarda nur kasalligi negizida biostimulyator ta’sirida strukturaviy o‘zgarishlari, aorta devori qatlamlarining morfologik va morfometrik xususiyatlarini baholashning mezanizmlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tajribada nurlanish kasalligi negizida me’yorda va biostimulyator ta’sirida aorta devorining majmuaviy tavsifini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tajriba sharoitida nurlanish kasalligida aorta devorining morfologik va morfometrik o‘zgarishlariga o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nurlanish kasalligida aortaning shikastlanishini morfologik va morfometrik tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 8n-r/1024-sonli ma’lumotnomasi).Mazkur uslubiy tavsiyanoma tajribaviy nurlanish kasalligida aorta devorining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni baholash orqali yuzaga keladigan organizmdagi o‘zgarishlarni erta  tashxislash, davolash va oldini olish tartibini ishlab chiqish imkonini bergan;
tajribada nurlanish kasalligi negizida me’yorda va biostmulyator ta’sirida aorta devorining majmuaviy tavsifini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajribaviy nurlanishda davodan keyingi aortaning morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 8n-r/1023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali nurlanish ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish va o‘z vaqtida davolash algoritmini ishlab chiqish va biostimulyatorlar natijasida nurlanish  natijasida yuzaga kelgan aorta tomirlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish imkonini bergan;
surunkali nurlanish paytida nurlangan hayvonlar aortasining morfologik va morfometrik  o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarning fundamental va klinik amaliyotlariga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 fevraldagi 8n-z /151-sonli va 2022 yil 10 dekabrdagi 08-39172 sonli xulosalari). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilishini surunkali nur kasalligini natijasida yuzaga kelgan patologik o‘zgarishlarni  oldini olish va aoratning turli qatlamlarida yuzaga kelgan  o‘zgarishlarni biostimulyator yordamida  korreksiyalash natijasida aortaning intimasidagi morfologik o‘zgarishlarni tajriba sharoitida baholash, intimada regeneratsiya va proliferatsiya jarayonlarining ustun turishi, mediyada silliq mushak hujayralarining gipertrorfiyasi, ular orasida o‘choqli limfo-gistiotsitar hujayralarning proliferatsiyasi kuzatilishi, ularning diametri me’yoriy guruh ko‘rsatkichlariga tenglashtirish, organlarda yuzaga keladigan patologik holatlarni erta tashxislash, davolash va bashoratlash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish