Abdullaev Ulug‘bek Abdulxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik va perovskit quyosh elementlari: qatlamlar sintezi va degradatsiya jarayoni», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K458.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Abduvali Jonuzoqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurgaliev Ilnar Nakipovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik va perovskit qatlamlari sintezi, ular asosida quyosh elementlari olish hamda olingan elementlarda boradigan zaryad rekombinatsiyasi va degradatsiya jarayonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poli[2,6-(4,4-(2-geksaetil)-4n-siklopenta [2,1-b;3,4-b’] ditiofen)-4,7(2,1,3-benzatiodiazol)] (PCPDTBT) va poli 4,4’-(2-metil-6- (7-metilbenzo [c][1,2,5] tiadazol-4-il)-4n-siklopenta [1,2-b:5,4-b’] ditiofen-4,4-il)-(butan-1-sulfit)kaliy (CPE-K) asosida yaratilgan yupqa qatlamlarda kovak o‘tkazuvchanlik xususiyatlari mavjud ekanligi aniqlangan;
perovskit quyosh elementlarida kovaklarni tashish xususiyatlarini ortishiga olib keluvchi yupqa nikel oksidi qatlamini tayyorlashning maqbul usuli ishlab chiqilgan;
ilk marta, 1,8 sm2 yuzaga ega perovskit qatlamida degradatsiya jarayoni borishi uchun zarur suv molekulalari miqdori (1,8×109 dona) aniqlangan;
organik quyosh elementlarida zaryad rekombinatsiyasi jarayoni elektrokimyoviy qarshilik spektroskopiya usuli yordamida o‘rganilgan va poli[4,8-(5-(2-etilgeksyl) -tiofen -2-il) benzo [1,2-b;4,5-b0] – dithiofen -2,6-diyl -(4- (2-etileksil)-3-flurodien [3,4-b]-tiofen-) -2-karboksilat -2-6-diyl] : 3,9-di (2-metilen -(3 -( 1,1-disiyanometilen ))) — 5,5,11,11-tetra(4 -geksilfenil) – ditieno [2,3-d:2’,3’-d’] – s [1,2-b:5,6-b’] ditiofen (PTB7-Th:ITIC) asosidagi organik quyosh elementida bimolekulyar (Langevin) va tuzoqlarda sodir bo‘luvchi rekombinatsiya xodisasi mavjudligi ko‘rsatib berilgan;
perovskit quyosh elementlarida kovak o‘tkazuvchi sifatida qo‘llanuvchi nikel oksidiga dopant sifatida kobalt oksidi kiritilishi, qatlamda kovaklar harakatlanish xususiyatlarini yaxshilashi va yaratilgan perovskit quyosh elementlari samaradorligini 30% gacha oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sintez qilingan qatlamlar asosidagi tok o‘tkazuvchi materiallarni fizik va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan quyosh elementlari O‘zbekiston Fizika jamiyati tomonidan bajarilgan M/UZ-GER-06/2016(UZB-007)-sonli xalqaro grantda foydalanilgan (O‘zbekiston Fizika jamiyatining 2022-yil 20-noyabrdagi № 1/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh elementlarining zaryad o‘tkazuvchanligini oshirishga erishilgan;
nikel oksidi nanoqatlami, PCPDTBT polimeri asosida olingan yarimo‘tkazgich materiallar Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy-ilmiy tadqiqot instituti va “Elektrokimyozavod” QK AJ tomonidan elektrofizik parametrlari aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi № 03-18-7188-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yarimo‘tkazgich materiallardan avtomatika va nazorat o‘lchov asbob-uskunalarida kontakt va tok o‘tkazuvchi elementlar sifatida foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.