Tuychieva Dilrabo Mamirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘ta yuqori chastotali nurlanish yordamida don zaxiralari zararkunandalaridan donni zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2798.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurova Dilorom Abbasovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O`zdonmahsulot» AK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda ishlov berish orqali don zaxiralarini zararkunandalardan zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don zahiralari zararkunandalariga qarshi kurashning istiqbolli usuli taklif etilgan, samaradorligi ilmiy asoslangan;
bug‘doy donining fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlariga o‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlarning ta’siri isbotlangan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda ishlov berish orqali don zaxiralarini zararkunandalardan zararsizlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
don dezinseksiya qilish jarayonida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlar ta’sirida ishlov berish imkonini beruvchi loyihaviy-konstruksiya (qurilma) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlarida don zahiralarini zararkunandalardan zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda ishlov berish orqali donni zararkunandalardan himoyalash texnologiyasi «o`zdonmahsulot» akning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O`zdonmahsulot» AKning 2022 yil 2 martdagi AK/6-1-2/44-263-son ma’lumotnomasi). Natijada, quvvat - 180 vt/m2 va ta’sir davomiyligi 120-160 sek bo‘lgan o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda ishlov berilgan don massasini samarali zararsizlantirish imkonini bergan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda ishlov berish orqali zararsizlantirilgan don olish texnologiyasi Andijan AGF «Golden Fruits» MChJda «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O`zdonmahsulot» AKning 2022 yil 2 martdagi AK/6-1-2/44-263-son ma’lumotnomasi). Natijada, don massasini dezinseksiyalash harajatlarini 40 % kamaytirish, zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkonini bergan.