Ismailov Oybek Yuliboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Dashqol hosil bo‘lish sharoitida uglevodorod oqimlari gidrodinamik rejimlarini quvurli issiqlik almashgichlar samaradorligiga ta’siri», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T580.
Ilmiy maslahatchi: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich,  texnika fanlari doktori, professor; Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Li Robert Chanirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dashqol hosil bo‘lish sharoitida uglevodorod oqimlari gidrodinamik rejimlarini maqubllashtirish orqali quvurli issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 20÷250 oS haroratlar oralig‘ida neft, gaz kondensati va ularning aralashmalarining fizik va issiqlik-fizik xossalari hamda suyuq uglevodorod oqimlari harakati paytida gorizontal quvurning gidravlik qarshiligi nomogrammalar ishlab chiqish orqlali aniqlangan;
mahalliy neft va gaz kondensatining 100 oS dan yuqori haroratdagi kinematik qovushqoqligini aniqlash uchun Reynol`ds-Filonov formulasiga neft` uchun - 1,08, gaz kondnsati uchun - 1,75 tuzatish koeffisienti kiritilgan hamda yangi formula ishlab chiqish orqali isbotlangan;
neft va gazkondensati aralashmalarini quvurli qurilmalarda isitish jarayonida quvur uzunligi bo‘yicha dashqol qatlami qalinligini taqsimlanishiga oqim tezligini ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
neft xomashyosini 50÷250 oS haroratlar oralig‘ida isitish jarayonida dashqol qatlami qalinligi ortishini aniqlash uchun formula ishlab chiqilgan;
neftgazkondensati aralashmasi oqimining 30 % ni resirkulyasiya qilish orqali isitilayotgan neft haroratini 11 oS ga, gaz kondensati haroratini 13 oS ga ko‘tarilishiga isbotlangan;
quvurli qurilmalardagi neftegazokondensat oqimi gidrodinamik rejimlarining optimal (0,6÷0,8 m/s) chegaralarini aniqlash orqali suyuq uglevodorodlarga issiqlik ishlovi berish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dashqol hosil bo‘lish jarayonida suyuq uglevodorod oqimlari gidrodinamik rejimlarining quvurli qurilmalarda isitish jarayoni samaradorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashgichlarda gaz kondensatini qizdirish jarayonini tashkil etishning aniqlangan optimal chegaralari «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJ 2022 yilning 23 sentyabrdagi 03-18-8-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik almashinish qurilmalarida dashqol hosil bo‘lish jarayoni 3 marotaba kamayishi va issiqlik o‘tkazish koeffisienti 5,5 marotaba ortish imkonini bergan;
uglevodorod oqimlari qayta aylanishi tufayli energiya sarfi kamaytirilgan texnologiya «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJ 2022 yilning 23 sentyabrdagi 03-18-8-71 son ma’lumotnomasi). Natijada, energetik sarf harajatlarni 1,3 marotabagacha kamaytirish imkonini bergan; 
gidrodinamik rejimlarni optimallashtirish tufayli quvurli issiqlik almashgichning ichki yuzasida dashqol hosil bo‘lishni kamaytiruvchi texnologiya «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJ 2022 yilning 23 sentyabrdagi 03-18-8-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, dashqol hosil bo‘lish jarayonini 1,7 marotaba kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish