Yorov Lutfillo Shukurulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) tipida kompleks davo natijalarni tahlil qilish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib665.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexqanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ganiev Abduavaz Abdulaxatovich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) turi bilan xastlangan bemorlarni anti Her-2 target davolash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratoni Her-2/neu+ turida klinik, morfologik va immunologik xususiyatlarni, shuningdek, o‘smaning biologik podtiplar estrogen va progestron bilan Her-2 va Ki-67 ekspressiya darajasi, kasallikning kechishi va bashortlashdagi morfologik prediktorlarni reseptorlik statuslari asoslangan;
neoad’yuvant va ad’yuvant polikimyoterapiyada Trastuzumab qo‘llanilganda o‘smaning morfologik turini inobatga olgan holda, immunokorreksiyalash uchun polioksidoniy dori vositasidan foydalanish orqali qarshilik darajasini oshirish tartibi isbotlangan;
ilk bora kasallikning kechishini erta tashxislashda birlamchi immunologik status ko‘rsatkichlarining axamiyati va ularni korreksiyalashda immunoterpiya sifatida immunmodulyatorlardan foydalanish zarurligi isbotlangan;
sut bezi saratonida her-2/neu+musbat turini kopmleks davolash tartibiga Trastuzumab qo‘llashdan keyin immun tizimini faollashtirish maqsadida Polioksidoniy immunmodulyatorini qo‘llash orqali boshqa organlarga metastaz tarqalishini oldini olish samardorligi isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) tipida kompleks davo natijalarni tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) tipida kompleks davo natijalarni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Samarqand viloyatida sut bezi saratoni holatini epidemiologik baholashning analitik metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 8-n/z 1329-son ma’lumotnomasi). Natijada sut bezi saratoning turli bosqichlarini, shuningdek, her-2/neu+ (musbat) turini ayollar  orasida erta tashxislashning uslubini qo‘lash orqali kasallikni erta  tashxislash va ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) tipida kompleks davo natijalarni tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Sut bezi saratoni her-2/neu xujayrasining giper-ekspressiyasida bemorlarda morfologik prediktorlar va immunologik statusining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 8-n/z 1329-son ma’lumotnomasi). Natijada sut bezi saratoni her-2/neu hujayrasining giper-ekspressiyasida bemorlarda morfologik prediktorlar va immunologik statusining xususiyatlarini tahlil qilish orqali kasallikni erta tashxislash, samarali davolash va bemor ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) turida kompleks davolash samaradorligini tahlil qilish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 8 n-z 1329-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi sut bezi saratoni her-2/neu+ (musbat) turini kompleks davolashda kimyoterapiyaning nojo‘ya ta’sirini kamaytirish, yashovchanlik darajasini oshirishda polioksidoniy bilan immunoterapiyani davolash tartibiga kiritish orqali  samaradorligini oshirish, asosiy epidemiologik ko‘rsatkichlar kasallanish va o‘lim tendensiyasini baholash orqali birlamchi bo‘g‘indagi sut bezi saratonining oldini olish va erta baholash tartibini ishlab chiqish va hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish