Xusanov Suban Nurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik ob’ektlarni diskret boshqarish tizimlarini qurishda rostlagichlarni sintezlash algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T712
Ilmiy rahbar: Mallaev Alisher Rajabalievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Djaloliddin Paxriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diskret boshqarish tizimlarini qurishda ob’ekt holati va chiqishi bo‘yicha barqarorlovchi va samarali boshqarish qonunlarini olish imkonini beradigan rostlagichlarni sintezlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiziqli matrisali tengsizliklar asosida diskret ob’ektlarni holat bo‘yicha barqarorlash va o‘lchanmaydigan tashqi g‘alayonlar mavjud bo‘lganda boshqarish tizimini rostlash jarayonlarining maqbul aniqligini ta’minlash imkonini beruvchi rostlagichning parametrlari aniqlangan;
berk diskret-uzluksiz tizimlarning asimptotik turg‘unligini ta’minlash va tizim holatini diskretlashning har bir qadamida bashorat qilish imkonini beruvchi nochiziqli boshqarish tizimlarida kechikishni hisobga olgan holda diskret rostlagichlarni sintez qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;
boshqarish va fil`trlash masalalarini echishda yuqori aniqligi va muvofiqligi bilan ajralib turuvchi, holat parametrlari fazosi usuli asosida optimal chiziqli-kvadratik statsionar rostlagichlarni sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
ob’ekt shovqinining kovariatsion matrisalari va o‘lchashlarning xalaqitlari aprior noma’lum bo‘lganda adaptiv rostlagichlarning sozlanuvchi parametrlarini aniqlashga imkon beruvchi, faol adaptatsiyalash asosida rostlagichlarning sozlash parametrlarini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik ob’ektlarni diskret boshqarish tizimlarini qurishda rostlagichlarni sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiziqli matrisali tengsizliklar asosida diskret ob’ektlarni holat bo‘yicha barqarorlovchi rostlagichlarni sintezlash algoritmlari «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 23-3-3318-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘lchanmaydigan tashqi g‘alayonlar sharoitida boshqarish tizimining rostlash aniqligini oshirish imkonini bergan;
holat parametrlari fazosi usuli asosida optimal chiziqli-kvadratik statsionar rostlagichlarni sintezlash algoritmlari «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 23-3-3318-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy o‘g‘itlarni quritish jarayonini boshqarish va fil`trlash masalalarini echishda yuqori aniqlikni ta’minlash imkonini bergan;
faol adaptatsiyalash asosida rostlagichlarni sozlash parametrlarini baholash algoritmlari «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 23-3-3318-son ma’lumotnomasi). Natijada, ob’ekt shovqinining kovariatsion matrisalari va o‘lchashlarning xalaqitlari aprior noma’lum bo‘lgan sharoitlarda adaptiv rostlagichlarning sozlanuvchi parametrlari aniqlangan va quritish barabanining ishlash samaradorligi o‘rtacha 1,8% ga oshishiga erishilgan.