Xudayberdiyev Shuxrat Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Vizuallashgan klasterli ta’lim muhitida talabalarga dasturlash tillari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4214.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Djumabaev Davlatboy Xalillayevich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Panjiev Samijon Aliqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vizuallashtirilgan klasterli ta’lim muhitida talabalarga dasturlash tillari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga vizuallashgan klasterli ta’lim muhitidan foydalanib dasturlash tillari fanini o‘qitishning axboriy-didaktik ta’minoti kompetentli yondashuvning nazariya va amaliyot birligiga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal integratsiyasi tamoyiliga muvofiqlashtirish, tashkiliy-pedagogik, tashkiliy-funksional, pedagogik-psixologik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni barqaror muvofiqlikda ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilariga dasturlash tillarini vizuallashgan klasterli ta’lim muhitida o‘qitishning konseptual-didaktik modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, tashkiliy-mazmuniy, texnologik-jarayoniy va baholovchi-natijaviy komponentlar uzviyligida dasturiy apparatni metodik apparatga akademik-axborotli dizaynda moslashtirish orqali o‘qitishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqishga ko‘ra takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillari fanini o‘qitish orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalarning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-mazmuniy, kognitiv-operatsion va shaxsiy-refleksiv komponentlarini shakllantirish metodikasi (Euristic, Verbal, Visual) Visual Studio va Android Studio dasturlash kontentida vizuallashgan klasterli ta’limni (Visual Cluster) differensial adaptivlikda tashkillashtirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat kompetensiya komponentlarini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari impirativ va funksional dasturlashni pedagogik apparatga yo‘naltirishda ta’limiy dasturlashga ustuvorlik beruvchi iyerarxik paradigmani individual variatsiyali kombinatsiyalash natijasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vizuallashgan klasterli ta’lim muhitida talabalarga dasturlash tillari fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga vizuallashgan klasterli ta’lim muhitidan foydalanib dasturlash tillari fanini o‘qitishning axboriy-didaktik ta’minoti kompetentli yondashuvning nazariya va amaliyot birligiga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal integratsiyasi tamoyiliga muvofiqlashtirish, tashkiliy-pedagogik, tashkiliy-funksional, pedagogik-psixologik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni barqaror muvofiqlikda ta’minlashga oid takliflar “Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vizirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish Markazining 2023 yil 13 yanvardagi 02/01-01-128 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda predmetli-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlashga imkon yaratilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilariga dasturlash tillarini vizuallashgan klasterli ta’lim muhitida o‘qitishning konseptual-didaktik modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, tashkiliy-mazmuniy, texnologik-jarayoniy va baholovchi-natijaviy komponentlar uzviyligida dasturiy apparatni metodik apparatga akademik-axborotli dizaynda moslashtirish orqali o‘qitishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqishgaga doir takliflardan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida bajarilgan 2021-2022 yillarda mo‘ljallangan A-OT-2021-419 raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-schol PDP)” mavzusidagi innavatsion loyihani amalga oshirishda hamda platformani, uning mobil ilovasini yaratishda keng foydalanilgan (Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 12 yanvardagi 04/11-137-son ma`lumotnoma). Natijada mazkur model talabalarga dasturlash tillari fanini o‘qitishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillari fanini o‘qitish orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalarning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-mazmuniy, kognitiv-operatsion va shaxsiy-refleksiv komponentlarini shakllantirish metodikasi (Euristic, Verbal, Visual) Visual Studio va Android Studio dasturlash kontentida vizuallashgan klasterli ta’limni (Visual Cluster) differensial adaptivlikda tashkillashtirishga oid takliflardan Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy-tadkikot ishlari rejasining 2014-2015 yillarga muljallangan YoA5-XT-1-31884-sonli Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2023 yil 10 yanvardagi 01-20-09/21-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat kompetensiyalarini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlaridan amaliy foydalanish imoniyati yaratilgan.