Botirov Mirzoxid Ismonxujaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za:g‘alla navbatlab ekishning oraliq muddatida beda etishtirishning samaradorligi (Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida)», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2017.3. PhD/Qx.145.

Ilmiy rahbar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tadjiev Mardon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish  tizimida bedani oraliq muddatda parvarishlashning tuproq xossalari, unumdorligi va keyingi ekin g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Farg‘ona viloyatining  och tusli o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doy bilan hamkor ravishda  beda etishtirishning turli muddat va usullari ishlab chiqilgan;

kuzgi bug‘doy:beda etishtirishda tuproqda qolayotgan ildiz, ang‘iz miqdori va ularning tuproq unumdorligiga ta’siri aniqlangan;

kuzgi bug‘doy:beda etishtirishning keyingi ekin g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’siri aniqlangan;

bedani bug‘doy bilan hamkorlikda ekish va undan keyin g‘o‘za etishtirishning samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi- soz tuproqlari sharoitida  navbatlab ekish tizimida bedani  bug‘doy va g‘o‘za oralig‘ida parvarishlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

navbatlab ekish tizimida bedani  bug‘doy va g‘o‘za oralig‘ida ekish bo‘yicha «G‘o‘za:g‘alla navbatlab ekishning oraliq muddatida beda etishtirishning samaradorligi» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 7/21-89-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimida bedani  bug‘doy va g‘o‘za oralig‘ida etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;

g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekishning oraliq muddatida beda etishtirish bo‘yicha  ishlab chiqilgan agrotexnologiyalar Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi «Yuksalish chorva sahovati», «Begoyim fayz baraka», «Zulfiya Oltiariq» va «Begas naslchilik» fermer xo‘jaliklarida jami 43,7 gektar, Quva tumanidagi «Rohatoy», «Safarali Teshaboev» fermer xo‘jaliklarida jami 55,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 7/21-89-son ma’lumotnomasi). Natijada izdosh ekin g‘o‘za hosildorligi gektariga 32,0 sentnerni tashkil etgan va oddiy usulga nisbatan 3,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

1:1 navbatlab ekish tizimida bedani bug‘doy va g‘o‘za oralig‘ida etishtirish texnologiyasi Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanidagi «Shukurdavlat», «Faxriddin xoji», «Davr Tursin»,  fermer xo‘jaliklarida jami 45,0 gektar, Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi «Azizbek xususiy», «Anvarjon zotli chorvasi», «Shahriyor», «Rasul-D», «Roziqjon» fermer xo‘jaliklarida 67,9 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 7/21-89-son ma’lumotnomasi). Natijada  paxta hosildorligi gektaridan o‘rtacha 32,9 sentnerni tashkil etgan, qo‘shimcha 3,8 sentner paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 24,5 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish