Axmatov Nozimjon Mamarasulovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani quritish barabani ichki elementlarini takomillashtirish  asosida tozalash samaradorligini oshirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2910
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Qadam Jumaniyazov texnika fanlari doktori, professor; Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani quritish barabani ichki elementlarini takomillashtirish  asosida tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tozalash seksiyasida iflosliklarni samarali ajralishini ta’minlash va tozalash to‘rini “jonli yuzasi”ni oshirish maqsadida  paxtani titib beruvchi qo‘shimcha moslamalar o‘rnatish asosida  quritish barabani takomillashtirilgan; 
quritish barabani kuraklarida paxta harakatini tasniflovchi bog‘lanishlar tahlili asosida paxtani kuraklardan tushish boshlanishi va tugashi burchaklari aniqlangan; 
tajriba natijalarini qayta ishlash asosida paxta massasi, kuraklardan tushish koordinatalari, issiq havo tezligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan, va bular yordamida paxtani barabanning gorizontal o‘qi bo‘ylab siljish masofalari analitik aniqlangan; 
quritish barabanining yangi kurakchalarida paxta xarakatini tenglamalari tahlili asosida kurakcha sirtlarini radial o‘q bilan hosil qilgan burchagi, kurakcha soni, paxtani tushish-boshlanish burchagi o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan, kuraklar shakli va geometrik o‘lchamlari aniqlangan;
quritish barabanida paxtani titish moslamasi o‘rnatilib, qoziqcha uzunligi, oraliq masofasi, qoziqchalar maxkamlangan quvur diametrining ratsional qiymatlari tajribalar asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani quritish barabani ichki elementlarini takomillashtirish  asosida tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani quritish va tozalashni tavsiya etilgan texnologik tizimi Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining tasarrufiga qiruvchi Shaxrixon paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan (O‘zpaxtasanoat AJning 2020 yil 13 oktyabrdagi №03-18/2463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mayda ifloslik bo‘yicha tozalash samaradorligi 4,7%dan 6,2% gacha oshgan, tola sifati yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish