Ermatov Shavkat Qulmatovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxondaryo iqlim sharoitida takroriy mavsumlarda etishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari tadqiqi” mavzusidagi 05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2531
Ilmiy rahbar: Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmal Alisherovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Issiq iqlim sharoitida takroriy mavsumlarda boqib etishtirilgan pillalar qobig‘ining texnologik xususiyatlarini tadqiq qilish, sifatli saralash orqali birinchi, ikkinchi mavsum pillalaridan “3A”, uchinchi hamda to‘rtinchi mavsum pillalaridan “2A” sinfiga mos sifatli xom ipak chuvib olish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq hududlarda takroriy mavsumlarda etishtirilgan pillalarni texnologik va qobiq qalinliklarini taqqoslash asosida ularni chuvishga tayyorlash texnologik jarayonlari takomillashtirilgan;
issiq havo bilan dastlabki ishlov berish jarayonida pilla sifatiga salbiy ta’sir etishi, qobiqdagi iplarning yopishganlik darajasini tahlili asosida pillaga ishlov berish rejim parametrlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
pillalarni pishirish haroratlarini va chuvish tezliklarini rostlash orqali takroriy ikkinchi mavsumdan “3A” va uchinchi, to‘rtinchi mavsumdan “2A” sinfiga mos xom ipak ishlab chiqarishning texnologik parametrlar qiymatlari aniqlangan;
pillalar ipini qobiqdan ajralish adgeziya kuchiga, ichiga suv to‘ldirishga dastlabki ishlash haroratini salbiy ta’sirini kamaytirish orqali sifatli xom ipak chuvib olishni texnologik rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiq iqlim sharoitida tut ipak qurtini takroriy mavsumlarda etishtirilgan pillalarini chuvish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, Termiz shahrida “SURXON IPAGI” MChJ hamda “Inter Silk Pro” MChJda joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2022 yil 09 dekabrdagi 1-2/931-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda xalqaro standart talablariga mos ishlab chiqarilayotgan “A” sinfiga oid xom ipak sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, xalqaro standart talablarining “3A” sinfiga mos yuqori sifatli xom ipak olish imkoniyati yaratilgan. Pillalarni chuvish jarayonidagi xomashyo solishtirma sarfi birinchi mavsumda 2,92 kg.dan 2,78 kg.gacha, ikkinchi mavsumda 3,0 kg.dan 2,89 kg.gacha, uchinchi mavsumda 3,3 kg.dan 3,1 kg.gacha hamda to‘rtinchi mavsumda 3,5 kg.dan 3,3 kg.gacha kamaytirilishiga erishilgan.