Inogamov Sherzod Muxamatisakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchilarda tish-jag apparati jaroxatlari tashxisoti va profilaktikasini klinik-immunologik asoslash», 14.00.21–Stomatologiya; 14.00.38 – Sport tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib.2020.
Ilmiy rahbarlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor, Sadiqov Abdushukur Abdujamilevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xadjimetov Abdugaffor Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kontaktli sport bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda (bokschilar) tish-jag‘ tizimining asosiy kasalliklarini tashxislash va oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasining kontaktli sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilari stomatologik yordamga murojaat qilganda, okklyuzion tizimni kompyuterlashtirilgan tarzda o‘rganish, hamda chaynov mushaklari elektromiografiyasi usuli yordamida stomatologik status holatini baholash asoslangan;
ilk bor professional sportchilar misolida yuqori jismoniy va emotsional yuklama bo‘lgan odamlarda stomatologik statusning xususiyatlari: tishlar edirilishining kuchayishi, karies va parodont kasalliklarining yuqori intensivligi, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyasi, okklyuzion holatlarning buzilishi va chaynov mushaklarining gipertonusi aniqlangan;
ilk bor ko‘p yillik tajribaga ega bokschilarda qonning neyrotrofik omillari darajasi va endotelial tizimi holati o‘rganildi va tish-jag‘ tizimi disfunksiyasining klinika oldi belgilari aniqlangan;
ilk bor asosiy stomatologik kasalliklarni oldini olish va tashxislash bo‘yicha takomillashtirilgan dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sportchilarda tish-jag‘ tizimi jarohatining tashxisi, klinik-biokimyoviy tavsifi va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sportning kontakt turi bilan shugullanuvchi sportsmenlarda tish-jag‘ tizimi asosiy kasalliklarini profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida “Sportning kontakt turi bilan shugullanuvchi sportsmenlarda tish-jag‘ tizimi asosiy kasalliklarini profilaktikasi va diagnostikasining samaradorligi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi dagi 8 n-r/585-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma sportchilarda tish-jag‘ tizimi kasalilklarini oldini olish choralarini samaradorligini baholab bergan;
sportning kontaktli turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda stomatologik kasalliklarining tashxisoti, klinik va biokimyoviy tavsifi, davosi va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston boks Federatsiyasi poliklinikasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Samarkand shaxari viloyati stomatologik poliklinikalari (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8n-d/9-sonli ma’lumotnomasi) amaliyotiga joriy etildi. Joriy etilgan natijalar tashxisotning yangi usullarini qo‘llash orqali tibbiy yordam sifatini oshiradi va asosiy stomatologik kasalliklar tashxisoti va profilaktikasi samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolash muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlik uchun imkoniyat yaratgan.