Tursunov Shaxzod Ramozonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1546.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kodirov Mumin Kodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xodjayev Bekzod Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylanova Shoxida Zaynievna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida vatanparvarlik ruhini shakllantirishning innovatsion yondashuvlariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar dunyoqarashining kognitiv mexanizmlariga ko‘ra “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “E’tiqod” “Vatanparvarlik ruhi”, “Tarbiyada innovatsion yondashuv” kabi tushunchalarining mazmuni pedagogik evolyusion fenomenlar (milliy-etnik, fuqarolik holati, shaxsiy) vositasida interpretatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
vatanparvarlik ruhini mustahkamlashning noan’anaviy uslublari tinchlik davrida va favqulodda vaziyatlarga xos ta’lim-tarbiya omillari, vatanparvarlikni yuksaltirish mexanizmlari va vositalarining o‘zaro bog‘liqligining korrelyativ mexanizmlariga ko‘ra ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
vatanparvarlikning dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi mezonlari talabalarning faoliyat natijalarini umumlashtirish asosida vatanparvarlik ruhi, milliy qadriyatlar va ma’daniy-ma’rifiy tarbiyasi talabalarning yuqori darajadagi faolligini ta’minlovchi vatanparvarlikka yo‘naltiruvchi auditoriyadan tashqari tadbirlar mazmuni aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashning funksional modeli ommaviy madaniyatning turg‘unlik, liberalizm va kosmopolitizmga yetaklaydigan salbiy ta’sirlarning tabiatini tasniflash hamda ularning profilaktikasiga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlarga oid metod, shakl va vositalarni aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalar dunyoqarashining kognitiv mexanizmlariga ko‘ra “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “E’tiqod” “Vatanparvarlik ruhi”, “Tarbiyada innovatsion yondashuv” kabi tushunchalarining mazmuni pedagogik evolyusion fenomenlar (milliy-etnik, fuqarolik holati, shaxsiy) vositasida interpretatsiyalash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ofiser – harbiy etikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-089 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada harbiy-vatanparvarlik tushunchalarining tarixiy va zamonaviy tasnifiga doir nazariy-uslubiy muammolarni aniqlash imkoni oshirilgan;
vatanparvarlik ruhini mustahkamlashning noan’anaviy uslublari tinchlik davrida va favqulodda vaziyatda (masalan, bugungi kunda Covid-19 karantin vaqtida), tahlil qilish va ta’lim-tarbiya omillari yuksaltirish mexanizmlari, yangi shakl, vositalarini takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Harbiy rahbar mahorati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-089 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ma’naviy merosimizni ilmiy tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
vatanparvarlik ruhi, milliy qadriyatlar va ma’daniy-ma’rifiy tarbiyasi yuqori darajadagi talabalarning faolligi orqali ta’lim muassasaning pedagogik jarayonida yordam berishi, tashabbus ko‘rsatgan talabalarning faoliyat natijalari umumlashtirishga oid takliflar hamda oliy ta’lim muassasalarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashning funksional modeli ommaviy madaniyatning turg‘unlik, liberalizm va kosmopolitizmga yetaklaydigan salbiy ta’sirlarning tabiatini tasniflash hamda ularning profilaktikasiga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlarga oid metod, shakl va vositalari aniqlash orqali takomillashtirishga oid takliflar "Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-089 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘zbek vatanparvari yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning intellektual salohiyatini va qobiliyatlarini ruyobga chiqarishda yaratilayotgan shart-sharoitlar tug‘risida talaba-yoshlar ongiga singdirish samaradorligi oshgan.