Hasanov Oxunjon Hasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xlorlangan polipropilen asosida azot saqlagan ionit olish va uning kolloid–kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K277.
Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xlorlangan polipropilen asosida yangi ionit olinish jarayonini maqbul sharoitlarini va olingan ion almashinuvchi materialning fizik-kimyoviy, kolloid xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xlorlangan polipropilenni polietilenpoliamin bilan modifikatsiyalab yangi ion almashinuvchi material olingan;
polietilenpoliaminning xlorlangan polipropilenga modifikatsiyalash jarayonining maqbul sharoitlari va kinetikasi asoslangan;
olingan ionit tarkibida aminoguruhlar mavjudligini fizik-kimyoviy usullar yordamida identifikatsiya qilingan;
ion almashinuvchi materialning sorbsion xususiyatlari unga Cr(VI), Ni(II) va Su(II) ionlari mavjud bo‘lgan namunaviy eritmalarda aniqlangan;
Cr(VI), Ni(II) va Su(II) ionlarining ionitga sorbsiyasi jarayoni zamonaviy adsorbsiya izoterma va kinetik modellar yordamida asoslangan;
olingan ionitning termik va kimyoviy barqarorligi, g‘ovaklik darajasi, solishtirma hajmi va namligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xlorlangan polipropilen asosidagi yangi ionit fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida azot tutgan xlorlangan polipropilen- polietilenpoliamin ioniti«Elektrokimyozavod» QK AJning markaziy laboratoriyasida oqova suvlar tarkibidan turli zararli anionlarni sorbsiyalash jarayoniga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» AJ QKning 2022 yil 26 oktyabrdagi 126-son ma’lumotnomasi). Natijada, polietilenpoliamin bilan xlorlangan polipropilen asosida modifikatsiyalangan ionitdan foydalanishda oqava suvlar tarkibidagi Cu(II) va Ni(II) ionlari konsentratsiyasini pasaytirish imkonini bergan;
xlorlangan polipropilen asosida olingan ion almashinuvchi material «Elektrokimyozavod» QK AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlanmalar ro‘xati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ QKning 2022 yil 26 oktyabrdagi 126-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi anionlar miqdorini korxonada ishlatilayotgan ionitlarga nisbatan Cu(II) va Ni(II) ionlari uchun 78-83% ga tozash imkonini beradi.