G‘aybullaev Xuzurbek Keldierovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurg‘oqchil iqlim sharoitida chiqindixonalarning to‘g‘onlarini kombinatsiyalangan turda qurishning oqilona texnologiyalarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1414.
Ilmiy rahbar: Raimjanov Baxadirjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston geotexnologiya va rangli metallurgiya ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv instituti «O’zGEORANGMETLITI» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Zoir Sadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurg‘oqchil iqlim sharoitida gidrometallurgiya zavodlari chiqindilarini xavfsiz va tejamkor joylashtirish imkonini beruvchi chiqindi to‘g‘onlarini qurish uchun oqilona texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi qattiq moddalarining o‘rtacha zarracha diametri <0,05 mm bo‘lgan, turg‘unligi yuqori ajratuvchi to‘g‘on va tayanch prizmalarni quyish imkoniyatlarining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
bosim stabilizatori yordamida bo‘tana chiqishidagi qum fraksiyasining cho‘kindiga tushishi to‘g‘on va tayanch prizmalarning qurilishini va inshootlarni ishga tushirishni sezilarli darajada tezlashtirilishi, bo‘tana quvurining ko‘chirishlar sonini qisqartirilishi hamda qurilish narxini pasaytirilishi aniqlangan;
chiqindilarning samarali kapillyar singishining ta’siri to‘g‘on va tayanch prizmalarni, ularning gidravlik siqilishi va zichligini oshirish uchun to‘g‘on yaratish intensivligini oshirish maqsadida o‘rnatilganligi aniqlangan;
ilk bor chiqindixonalarning kombinatsiyalangan to‘g‘onlarni va tayanch prizmalarni quyish jarayonini faollashtirish uchun qurg‘oqchil iqlimning iqlim omillaridan foydalanish aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurg‘oqchil iqlim sharoitida chiqindixonalarning to‘g‘onlarning kombinatsiyalangan turda qurishning oqilona texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarlar asosida:
qurg‘oqchil iqlim sharoitida chiqindi to‘g‘onlarini qurish uchun texnologiya «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 21 noyabrdagi 23.01-01-07/774-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchil iqlim sharoitida gidrometallurgiya zavodlari chiqindilarini xavfsiz va tejamkor joylashtirish imkonini bergan; 
o‘rtacha diametri <0,05 mm bo‘lgan qattiq zarrachalardan iborat chiqindi quyish to‘g‘onlari va tayanch prizmalarni frontal usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 21 noyabrdagi 23.01-01-07/774-son ma’lumotnomasi). Natijada, me’yoriy talablardan 2 barobar yuqori turg‘unlik bilan to‘g‘onlar qurishga imkoni bergan;
to‘g‘onlarni qurishda qattiq zarrachalarning o‘rtacha diametri <0,05 mm bo‘lgan qattiq zarrachalarni fraksiyalash jarayonini faollashtirish usullari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 21 noyabrdagi 23.01-01-07/774-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2-son GMZ va 7-son GMZ chiqindilarini qish mavsumida xavfsiz joylashtirishni ta’minlash, 2-son GMZ 2-chiqindi ombori sig‘imi 30 million m3 dan ortiq oshirish, ekologik xavfsizlikni oshirish, to‘g‘on cho‘qqisini 159,0 m balandlikdan 162,0 m balandlikka ko‘targanda 3-son GMZ bo‘tanasini 162,0 m nuqtagacha o‘z kuchi bilan ko‘tarilishni va elektr energiyasining yillik sarfini 4 milliard so‘mgacha tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish