Maxmudov Abrorxon Axmadxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish” 05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1137
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Shariboev Nosirjon Yusupjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ergashev Ilxomjon Olimjonovich, texnika fanlari falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish orqali yuqori ish unumdorligikni ta’minlashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tarkibidagi mayda iflosliklarni tozalovchi yangi to‘rli yuza konstrusiyasi yaratilgan hamda uning texnologik ko‘rsatkichlari aniqlashda botiqlar diametri, qoziqli baraban aylanishlar soni, qoziqli baraban va to‘rli yuza o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisoblab matematik modeli olingan.
paxta xomashyosini tozalash jarayoni matematik modeli asosida to‘rli yuzada botiq o‘yiqlari kesimlarini iflosligi yuqori bo‘lgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasidagi ratsional konstruktiv o‘lchamlari regression matematik model asosida aniqlangan;
to‘rli yuzadagi botiq o‘yiqlari ishchi diametri va bir qatordagi o‘yiqlar orasidagi masofa hamda paxta bo‘lagini to‘rli yuza ta’siridan chiqish burchagining ratsional qiymatlari to‘la omilli tajriba natijasida aniqlangan.
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi konstruksiyasiga yangi to‘rli yuza konstruksiyasi ishlab chiqilib to‘rli yuza tebranishlari masalasining sonli echimi yordamida tebranish qonunlari aniqlangan hamda paxta bo‘laklarining to‘r yuzasi bilan o‘zaro ta’sir kuchini aniqlash formulasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mayda ifloslikdagi bo‘lgan paxtani tozalash qurilmasining tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi to‘rli yuzani resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
botiq o‘yiqchali to‘rli yuzaga ega bo‘lgan tozalash mashinasiga o‘rnatilgan mayda iflosliklardan tozalash qurilmasi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2021 yil 9 noyabrdagi 01/12-282-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi qurilmada to‘rli yuzasi bo‘lgan tozalagichning tavsiya etilgan parametrlari bilan nuqsonlar miqdori 1,7% ga kamayadi, tozalash samaradorligi 6,0% ga oshirish imkoniyati yaratilgan, ishlov berilayotgan paxta xomashyosining dastlabki tabiiy xususiyatlarini saqlash va energiya sarfini kamaytirishga erishilgan.