Usmanova Nasiba Akbarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida sifat va samaradorlikni baholash uslubiyatini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.PhD/Iqt257.
Ilmiy rahbar: Mirzayev Qulmamat Jonuzokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish korxonalarida sifat va smaradorlikni baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat turlarini standart talablarga muvofiqligi darajasiga ko‘ra past (SI=0-0,3), o‘rta (SI=0,4-0,6) va yuqori (SI=0,7-1,0) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir guruh bo‘yicha qo‘shimcha talablarga muvofiqligini baholashga ko‘ra takomillashtirilgshan yondashuv asoslangan;
servis korxonasida innovatsion faoliyatning integral samarasini xizmatlar realizatsiyasidan tushum, innovatsiyalardan olingan daromad hamda innovatsiyani o‘zlashtirishga xarajatlar ta’sirini omilli baholash ko‘rsatkichi () orqali ifodalash taklifi asoslangan;
xizmatlar xavfsizligi darajasini belgilangan standartlarga muvofiqligiga ko‘ra ta’minlash, iste’molchilar uchun riskni identifikasiyalash asosida pasaytirish negizida xizmatlar sifatini boshqarish tizimida iqtisodiy samaraga erishishning blok-sxema modeli takomillashtirilgan;
korxonada sifatni boshqarish tizimi natijadorligini baholash yondashuvi xizmatlar bozorida iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlar sifatini raqobatbardoshlikka ekspert xulosasiga ko‘ra bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida sifat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat turlarini standart talablarga muvofiqligi darajasiga ko‘ra past (SI=0-0,3), o‘rta (SI=0,4-0,6) va yuqori (SI=0,7-1,0) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir guruh bo‘yicha qo‘shimcha talablarga muvofiqligini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan yondashuv Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan turistik obyektlarida turistik xizmatlar sifatini baholash uslubini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 03-17-02/5726-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish servis korxonalarida xizmatlar sifatini tavsiflanayotgan xususiyatlarining tarkibi va tuzilishi bo‘yicha baholash ko‘lamini 1,5 martaga oshirish imkonini berib, unga ko‘ra olingan natijalarning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
servis korxonasida innovatsion faoliyatning integral samarasini xizmatlar realizasiyasidan tushum, innovatsiyalardan olingan daromad hamda innovatsiyani o‘zlashtirishga xarajatlar ta’sirini omilli baholash bo‘yicha taklif Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan turizm tizimini rivojlantirishda ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq keluvchi innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 03-17-02/5726-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida innovatsiyalarni o‘zlashtirishga qilingan xarajatlar miqdorini aniqlash imkonini bergan;
xizmatlar xavfsizligi darajasini belgilangan standartlarga muvofiqligiga ko‘ra ta’minlash, iste’molchilar uchun riskni identifikatsiyalash asosida pasaytirish negizida xizmatlar sifatini boshqarish tizimida iqtisodiy samaraga erishishning takomillashtirilgan blok-sxemasidan Turizmni rivojlantirish instituti tomonidan turistik industriya obyektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatish ga doir tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 03-17-02/5726-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyati samaradorligining aniq ko‘rsatkichlariga har bir rasmiylashtirilgan jarayonning ta’sirini tahlil qilish va kuzatish, sifatni boshqarish tizimiga joriy etishdan iqtisodiy samarani hisoblash imkonini bergan;
korxonada sifatni boshqarish tizimi natijadorligini baholash yondashuvi xizmatlar bozorida iste’molchilar talabini qondirishga yo‘nal-tirilgan xizmatlar sifatini raqobatbardoshlikka bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirish taklifidan “Asterisk Samarkand” (“Gala Osiyo” mehmonxonasi) hamda “Aziya Plaza” (“Osiyo Plaza” mehmonxonasi) ma’suliyati cheklangan jamiyatlar amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 03-17-02/5726-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxona xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari va ularning xizmatlar bozoridagi raqobatbardoshligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini bergan.