Roziqov Jahongir Mustaqim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1261.
Ilmiy rahbar: Xakimov Rashid, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «meva-sabzavotchilik klasteri», «klaster menejmenti» tushunchalarining mohiyati meva-sabzavotchilik klasterlarining tashkiliy asoslari, boshqaruv tuzilmasi, iqtisodiy holati hamda ularning amalga oshirish vositalari va ob’ektlarini e’tiborga olgan holda yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
dehqon va fermer xo‘jaliklari, bog‘, tokzorlar va issiqxonalar, logistika markazlari faoliyatiga oid zamonaviy tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etish orqali «O‘zbekiston meva-sabzavotchilik klasterlari» uyushmasining istiqboldagi tarkibi va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish asoslangan;
meva-sabzavotchilik klasterlari sub’ektlarining hamkor va funksional tavsifdagi xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi «Klasterlarni rivojlantirish va boshqarishning hamkorlik matrisasi»ga ko‘ra hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari asoslangan;
meva-sabzavot etishtirishda mehnat sarfi va yoqilg‘i-moylash materiallari kabi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 2027 yilga qadar respublikada meva-sabzavot etishtirish hajmini oshishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra meva-sabzavotchilik klasterlarining tashkiliy asoslari, boshqaruv tuzilmasi, iqtisodiy holati hamda ularning amalga oshirish vositalari va ob’ektlarini e’tiborga olgan holda yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan «meva-sabzavotchilik klasteri», «klaster menejmenti» tushunchalarining mohiyati 60412400 – Agrobiznes va investision faoliyat, 60411600 – Korporativ boshqaruv ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan «Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish iqtisodiyoti» darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-642 ro‘yxat raqami). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavotchilik klasterlarini ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini kengroq tushunish orqali uni innovatsion rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga erishilgan;
dehqon va fermer xo‘jaliklari, bog‘, tokzorlar va issiqxonalar, logistika markazlari faoliyatiga oid zamonaviy tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etish orqali «O‘zbekiston meva-sabzavotchilik klasterlari» uyushmasining istiqboldagi tarkibi va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish taklifidan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan “Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/29-04/5519-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruvning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda gektaridan o‘rtacha 180 sentner mahsulot etishtirish va mahsulotni qayta ishlash natijasida 71 mln. so‘m sof daromad olinib, rentabellik darajasi 138,6 foiz bo‘lishiga erishilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlari sub’ektlarining hamkor va funksional tavsifdagi xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi «Klasterlarni rivojlantirish va boshqarishning hamkorlik matrisasi»ga ko‘ra hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan foydalanish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan “Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/29-04/5519-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klasterlar faoliyatini monitoring qilish, ishlab chiqarish hajmining oshishi va sohaning barqarorlashuvi ta’minlangan;
meva-sabzavot etishtirishda mehnat sarfi va yoqilg‘i-moylash materiallari kabi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan respublikada meva-sabzavot etishtirish hajmini oshishining prognoz ko‘rsatkichlaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan “Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/29-04/5519-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva mahsulotlarini etishtirish hajmi 2027 yilda 2021 yilga nisbatan 1,16 barobarga, sabzavot mahsulotlarini etishtirish hajmi 1,09 barobarga ortishi bashorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish