Ikramova Feruza Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida matriks metalloproteniazalar o‘rni», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2671.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID – 19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va prognozlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID – 19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida MMP 3 va MMP 9 larning prognostik ahamiyati asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan COVID – 19 o‘tkazgan bemorlarda yurak qon-tomir remodellanishi jarayoni hamda MMP 3 va MMP 9 lar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda MMP 3 va MMP 9 darajasining oshishi bilan kasallikning klinik kechishi, yallig‘lanish markerlari va gemostaz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
buyraklar disfunksiyasini hisobga olgan holda COVID – 19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID – 19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va prognozlash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashhislash va prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 8n-z/492-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID – 19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik klinik shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 10 yanvardagi 08/00041-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash, klinik kechishini prognozlash imkonini bergan.