Sayfullaev Mirfuzail Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda fibroz jarayonlari rivojlanishida al`dosteron-sinteza geni polimorfizmining ahamiyati», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2679.
Ilmiy rahbar: Turaqulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda fibroz jarayonlari rivojlanishida al`dosteron miqdori va al`dosteron sintaza geni polimorfizmining ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuEning qon otish fraksiyasi turlicha bo‘lgan tiplari negizida rivojlangan kardiorenal sindrom shakllanishida al`dosteron ko‘rsatkichlarining ahamiyati aniqlangan;
al`dosteron sintaza geni polimorfizmining yurak va buyrak fibroz markerlari al`dosteron, TGF-β1, galektin-3 bilan bog‘liqlik darajasi asoslangan;  
SYuE turli qon otish fraksiyasi tiplari bilan al`dosteron sintaza geni polimorfizmi o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
mineralokortikoid reseptorlari antogonistlarini kardiorenal sindromga ta’siri samaradorligi solishtirma baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda fibroz jarayonlari rivojlanishida al`dosteron va al`dosteron sintaza geni polimorfizmining ahamiyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
kardiorenal sindrom mavjud bemorlarda buyraklardagi fibroz jarayonlarni davolashda mineralokortikoid reseptorlari antogonistlarining o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Kardiorenal sindromda buyraklardagi fibroz jarayonlarni davolashda mineralokortikoid reseptorlari antogonistlarining o‘rni” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 09 dekabrdagi 8n-z/662-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada SYuE mavjud bemorlarda kardiorenal sindrom rivojlanishini tashxislash va davolashni takomillashtirish, hamda yurak va buyrakdagi fibroz jarayonlarini baholash imkonini bergan;
  surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda fibroz jarayonlari rivojlanishida bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya, kardioreanimatsiya va kardioreabilitatsiya bo‘limilarida, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 08-00345 - son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromni tashxislash va davolash muddatlarini qisqartirishga, asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish