Zaynutdinov Nozim Nadirxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fakik kӯz ichi linzalaridan foydalangan holda murakkab refraksion anomaliyalarni korreksiyalashning zamonaviy yondashuvlarini klinik baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1516.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Oner Gelishken, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya Respublikasi); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
I.Tadqiqotning maqsadi yuqori darajali refraksion anomaliyaga ega kӯzlarda kollamer asosli fakik orqa kamera kӯz ichi linzalari implantatsiyasi jarrohligi amaliyotidan keyingi natijalarni hamda hayot sifati darajasini baholashdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fakik ko‘z ichi linzalari implantatsiyasining modifikatsiyalashtirilgan usuli ishlab chiqilgan va jarrohlik amaliyoti mobaynida ko‘z ichi suyuqligining nomaqbul fil`tratsiyasi hamda linzaning repozisiyasini bartaraf etishi isbotlangan;
murakkab refraksiya anomaliyalari bo‘lgan bemorlarda kollamer asosli orqa kamera fakik ko‘z ichi linzalari implantatsiyasi, korreksiyalashning boshqa usullariga nisbatan kӯrish ta’siridagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan;
murakkab refraksion anomaliyali bemorlarning korreksiyalash natijalari hamda funksional kӯrsatkichlari maxsus oftal`mologik klinik protokol yordamida taxlil qilingan va asoslangan;
kollamer asosli fakik orqa kamera kӯz ichi linzalari implantatsiyasi amaliyotidan keyingi holatda ijtimoiy mukammallashtirilgan sӯrovnoma asosida hayot sifati darajasi hamda mehnat qilish qobiliyati ortishining ӯzaro bog‘liqligi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kollamer asosli fakik orqa kamera kӯz ichi linzalaridan foydalangan holda murakkab refraksion anomaliyalarni korreksiyalashning zamonaviy yondoshuvlarini klinik baholash mavzusi bӯyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab refraksion anomaliyali bemorlarni korreksiyalashning zamonaviy FKIL implantatsiyasidagi tadqiqotining ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fakik orqa kamera kӯz ichi sun’iy linzalarining yangi modifikatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/236 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fakik orqa kamera kӯz ichi sun’iy linzalarining yangi modifikatsiyalari xaqidagi tӯliq ma’lumotlarni ӯz ichiga olgan;
murakkab refraksion anomaliyali bemorlarda qӯllanilgan FKIL implantatsiyasi tadqiqotining ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fakik orqa kamera kӯz ichi sun’iy linzasining qӯllanish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/237 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fakik orqa kamera kӯz ichi sun’iy linzasining klinik amaliyotda qӯllanish usuli natijalarining samaradorligini baholash imkonini bergan;
murakkab refraksion anomaliyalarni korreksiyalashda fakik orqa kamera kӯz ichi sun’iy linzalaridan foydalanishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga Respublika ixtisoslashtirilgan kӯz mikroxirurgiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida, «NAZAR medical», «Crystal medical group», «Kӯz nuri» va «Omega Med» xususiy kӯz klinikalarida keng tadbiq etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8 n-z/199 – son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tadbiq etilgan ushbu amaliy tavsiyalar refraksion anomaliyali bemorlarning sog‘liq holatini yaxshilashga hamda hayot sifati darajasini oshirishga xizmat qildi. Bu esa ӯz navbatida yuqori darajali refraksion anomaliyasi mavjud bӯlgan bemorlarning muqobil va xavfsiz korreksiya turidan foydalanish hamda kundalik turmush tarzining yaxshilanishiga imkon bergan.