Xusanbaeva Feruza Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osobennosti klinicheskogo techeniya i sovershenstvovanie lecheniya osnovnix stomatologcheskix zabolevaniy pri xronicheskoy bolezn pochek», 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2289
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyrov Tulkin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Bekjanova Ol`ga Esenevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali buyrak kasalliklari mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i xolati va undagi o‘zgarishlar, surunkali buyrak kasalliklari bor bemorlarda asosiy stomatologik kasalliklarni davolashni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonda kreatinin darajasining ko‘tarilishi va paradont to‘qimalarda osteodistrofik hodisalar va distrofiyaning rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
curunkali buyrak kasalligi(SKB) bilan og‘rigan bemorlarda epiteliy hujayralarining adsorbsion xususiyatlari 32,55% ga, gemodializ bilan davolashda esa sog‘lom odamlarga qaraganda 37,0% ga yomonroq ekanligi aniqlangan;
tishlarning qattiq to‘qimalarining elektr o‘tkazuvchanligi CBK (p=0,033) suyak osteoporozi bilan bevosita bog‘liqligi va qondagi mochevina konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
so‘lakdagi laktoferrin konsentratsiyasining oshishi karies jarayonining ham, CBK ham yomonlashuvining belgisi ekanligi aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Laborator, instrumental diagnostika bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib, surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan bemorlarning klinik kuzatuvlari asosida:
surunkali buyrak kasalliklariga chalingan shahslarda tish va parodont qattiq to‘qimalari holatini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali buyrak kasalliklariga chalingan shahslarda tish va parodont qattiq to‘qimalari holatini baholash usullari" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-r/931-son 31 avgust 2022 yildagi ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya kasallikning tavsiflangan dastlabki belgilari tufayli CBKda og‘iz bo‘shlig‘ining xarakterli alomatlarini erta aniqlashni yaxshilashga imkon bergan;
surunkali buyurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda stomatologik davo va profilaktika chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali buyurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda stomatologik davo va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 31 avgust 2022 yildagi 8n-r/932-son malumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya stomatologik qabulda CBKda asosiy tish kasalliklari tashxisini yaxshilashga imkon bergan;
laborator, instrumental diagnostika bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, SBKda asosiy stomatologik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning klinik kuzatuvlari natijalari asosida tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotida, shu jumladan Samarqand viloyati 5-sonli stomatologiya DUK viloyat stomatologiya poliklinikasining klinik amaliyotida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 8n-z/505-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash ambulator stomatologiyada bolalarda psixoemotsional stressni o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish imkonini bergan.