Binoy Joy Kattadiyilning
fan doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘lov qobiliyatsizligi va bankrotlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan biznesni qayta qurish va qayta tuzishni boshqarish: Hindiston tajribasi saboqlari”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 –“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt318.
Ilmiy rahbar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Nabi Saidkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmanbaeva Roza Abduraxmanovna, iqtisodiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hamda boshqa transformatsiya jarayonidagi va rivojlanayotgan mamlakatlarda tegishli bozor islohotlarini amalga oshirish uchun zarur saboqlarni olish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik hamda bankrotlik islohoti doirasida biznesni restrukturizatsiyalash va reinjiniringini boshqarishni, ularning natijalari, asoratlari hamda Hindistonning iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nuqtai nazaridan takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan organlar ishini muvofiqlashtirish maqsadida institusional mexanizm taklif etilgan;
Bankrotlik to‘g‘risidagi Kodeksni (2016 y.) ushbu masala bilan bog‘liq mavjud qonunlar bilan konsolidatsiya qilib qayta shakllantirish asosida to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishning yangi tizimi taklif etilgan;
kaskadli mexanizmi kredit tashkilotlari va qarzdor korporatsiyalar o‘rtasidagi to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishning moliyaviy masalalarini hal qilishda davlat manfaatlari ustuvorligi bo‘yicha qarzlarni to‘lashni ta’minlaydigan hamda ular o‘rtasidagi nizolarni hal qilish tartibining aniq mezonlari ishlab chiqilgan;
boshqaruv apparati shaffofligini ta’minlash asosida kreditorlik rejimini va investorlar ishonchining ortishi asoslangan;
nochor ishlab chiqarish bo‘linmalarini jonlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash asosida muammolar tahlili va ularning oqibatlarini o‘rganish uchun komissiyalarni tayinlash chora-tadbirlari taklif etilgan;
Paired t-test asosida Hindistonda bankrotlikka oid islohotlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlamayotgan aktivlarni qisqartirish, xorijiy investisiyalar oqimini ko‘paytirish, “Doing business” reytingini oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “To‘lov qobiliyatsizligi va bankrotlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan biznesni qayta qurish va qayta tuzishni boshqarish: Hindiston tajribasi saboqlari” mavzusi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan organlar ishini muvofiqlashtirish maqsadida institusional mexanizmi bo‘yicha takliflar Hindiston Korporativ ishlar vazirligi uchun tayyorlangan hujjatlarda foydalanilgan (Hindistondagi ISCI To‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha mutaxassislar institutining 2021 yil 15 iyundagi IIP/MD 21/06/1501-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari 1.5 barobarga, moddiy yordam ko‘rsatish hajmi 2 barovarga oshirilishiga erishilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqodlar instituti tomonidan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini takomillashtirish doirasida mazkur sohada axborot texnologiyalari bilan bog‘liq dissertatsiyada ilgari surilgan takliflarni hisobga olgan holda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqodlar instituti 2021 yil 2 dekabrdagi 02-1/1392-son ma’lumotnoma). Natijada to‘lovga qobiliyatsizlik qarorning ijtimoiy-tashkiliy natijadorliga qo‘shimcha oshirilishiga imkon yaratgan;
Bankrotlik to‘g‘risidagi Kodeksni (2016 y.) ushbu masala bilan bog‘liq mavjud qonunlar bilan konsolidatsiya qilib qayta shakllantirish asosida to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishning yangi tizimi bo‘yicha taklif Hindiston Korporativ ishlar vazirligi uchun tayyorlangan hujjatlarida foydalanilgan (Hindistondagi ISCI To‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha mutaxassislar institutining 2021 yil 15 iyundagi IIP/MD 21/06/1501-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir dollarga to‘g‘ri keladigan koeffisient to‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha yangi ish bo‘yicha qarzdorlar tomonidan 100 foiz miqdorida yig‘ilgan pul mablag‘larini to‘lash uchun sent hisobida 25,7 dan 71,6 ga oshirildi;
kaskadli mexanizmi kredit tashkilotlari va qarzdor korporatsiyalar o‘rtasidagi to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishning moliyaviy masalalarini hal qilishda davlat manfaatlari ustuvorligi bo‘yicha qarzlarni to‘lashni ta’minlaydigan hamda ular o‘rtasidagi nizolarni hal qilish tartibining aniq mezonlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-763-sonli Qonunining 238, 239 va 240 – moddalarini shakllantirilishiga asos bo‘ldi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 04/1-11-47-son dalolatnomasi). Natijada bankrotlik tizimini qayta tashkil etish bilan bog‘liq qonunchilik normalarini birlashtirish, kredit tashkilotlari va qarzdor korxonalar o‘rtasida to‘lovga qobiliyatsizlikni moliyaviy masalalarini ko‘rib chiqish muddatlari soddalashtirilgan;
nochor ishlab chiqarish bo‘linmalarini jonlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash asosida muammolar tahlili va ularning oqibatlarini o‘rganish uchun komissiyalarini tayinlash chora-tadbirlari bo‘yicha taklif Xalqaro sertifikatlangan auditorlar BMS Auditing (Dubay, BAA) (2021 yil 9 dekabrdagi SN0002975-sonli), “Ipak yo’li” AITB Chilonzor filiali (2022 yil 29 noyabrdagi  01/5105-sonli ma’lumotnomasi) mulkiy qarzni undirishda korxonalar bilan ishlashda (masalan, 2022 yil 1 fevraldagi 10/421-sonli da’vo xati, 2022 yil 23 maydagi 03.2270-sonli da’vo arizasi) joriy etilgan. Shuningdek, 2022 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan “Hindiston-Markaziy Osiyo” onlayn sammiti uchun tayyorlangan tahliliy materiallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosobatlari bo‘yicha axborot-tahliliy Markazining 2022 yil 11 noyabrdagi 01/133-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertantning taklif va tavsiyalari nafaqat xalqaro miqyosda, balki O‘zbekistonda ham tadbiq etilgan;
Paired t-test asosida Hindistonda bankrotlikka oid islohotlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlamayotgan aktivlarni qisqartirish, xorijiy investisiyalar oqimini ko‘paytirish, “Doing business” reytingini oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi bo‘yicha ilmiy yangilik Hindiston Korporativ ishlar vazirligi uchun tayyorlangan hujjatlarida foydalanilgan (Hindistondagi ISCI To‘lovga layoqatsizlik bo‘yicha mutaxassislar institutining 2021 yil 15 iyundagi IIP/MD 21/06/1501-son ma’lumotnomasi). Ushbu islohotlarni tahlil qilish bo‘yicha Paired t-test ma’lumotlari asosida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlamayotgan aktivlarni qisqartirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini ko‘paytirish, Doing bussiness reytingini oshirish vositalaridan biri ekanligi isbotlangan hamda bu Hindistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol` o‘ynaydigan omil degan xulosaga kelish uchun asos bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish