Ruziqulov Abdulla Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy tizim transformatsiyasi davrida siyosiy ong darajasidagi o‘zgarishlar», 23.00.03 - Siyosat madaniyat va mafkura (ciyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss363.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transformatsion jarayonlarda siyosiy tizimdagi o‘zgarishlarning siyosiy ongga ta’siri va xususiyatlarini tadqiq etish orqali siyosiy madaniyatni shakllanishning g‘oyaviy-mafkuraviy omillari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy tizim transformatsiyasining yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ichki (amaldagi siyosiy tizimni samarasizligi, milliy manfaatlarni amalga oshirishda, islohotlarni davr talabiga moslash) va tashqi (globallashuv jarayonida yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar, tashqi siyosatda o‘z o‘rni va manfaatlarini aks ettirish zaruriyati) omillar tahlil qilinib, qolaversa siyosiy tizim transformatsiyasining siyosiy ongga to‘g‘ri va aksincha siyosiy ongning unga teskari proporsional ta’siri qilishi ilmiy asoslangan;
siyosiy ongni dinamik xususiyatini hisobga olib, joylarda “Ekspertlar guruhi”, “Oqsoqollar kengashi” va “Yoshlar kengashi” kabi jamoatchilik guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali joylardagi real vaziyat va uning sabablarini o‘rganish, xulosalar berish, islohotlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi fuqarolarda ishonch-mas’uliyat-daxldorlik-javobgarlik tuyg‘ulari va siyosiy ongini samarali shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘zaro ijtimoiy hamkorligi joylarda islohotlarni samarali amalga oshirishga bevosita ko‘maklashishi va shu bilan birga joriy dasturlarni ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali islohotlar samaradorligiga erishish hamda hamkorlikda ishlab chiqilgan preventiv chora-tadbirlari natijasida islohotlarga nisbatan “ishonchsizlikni” oldini olib, sog‘lom siyosiy ong shakllanishiga asos bo‘lishi ilmiy isbotlangan;
jamiyatining siyosiy tafakkurini takomillashtirishda oshkoralik va hisobdorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish islohotlarning natijadorligiga xizmat qilishi bilan birga fuqarolarda turli mafkuraviy tahdidlarni vujudga keltiradigan ijtimoiy-siyosiy omillarga qarshi sog‘lom immuniteti va siyosiy ongini shakllanishga ijobiy ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xuloca va takliflarni amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tacdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini yanada oshirish hamda ularni mafkuraviy immunitetini shakllantirishga oid dastur va ish rejalarini ishlab chiqishda va bu dasturlarning mazmun mohiyatini yoshlarga etkazishda ma’rifiy-targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish camarali ekanligiga doir xulocalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil birinchi yarim yillik ish rejasi (Agentlikning 06.01.2021 y. 01-10/06-son buyrug‘i) 11-, 18-, 24-bandlarini ishlab chiqishda foydalanildi va amaliyotga joriy etildi. O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda siyosiy tizim transformatsiyasining yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ichki (amaldagi siyosiy tizimni samarasizligi, milliy manfaatlarni amalga oshirishda, islohotlarni davr talabiga moslash) va tashqi (globallashuv jarayonida yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar, tashqi siyosatda o‘z o‘rni va manfaatlarini aks ettirish zaruriyati) omillar tahlil qilinib, qolaversa siyosiy tizim transformatsiyasining siyosiy ongga to‘g‘ri va aksincha siyosiy ongning unga teskari proporsional ta’siri qilishi doirasidagi fikirlari yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari(konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da keng foydalanilgan (Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 26 maydagi 2-13-23-1393-son ma’lumotnomasi). Natijada, agentlikning “Yoshlar dasturi” loyihasini amalga oshirishdagi yoshlar aksiyalari, ijodiy tashabbuslari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirilishiga xizmat qilgan;
fuqarolar siyosiy ongini oshirish, partiyaning fuqarolar ijtimoiy-ciyociy faolligini rivojlantirish faoliyati yo‘nalishidagi ishlari camaradorligi asoslanib, partiya qo‘yi tashkilotlari faoliyatining monitoringini yuritishga doir mezonlari takomillashtirilganligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish jamiyatda shaxc ijtimoiy-ciyociy faolligini yuksaltirishning samarali usuli ekanligiga doir xulocalardan O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2020-2021 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasi partiya targ‘ibot tadbirlarida siyosiy tizim transformatsiyasining yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ichki (amaldagi siyosiy tizimni samarasizligi, milliy manfaatlarni amalga oshirishda, islohotlarni davr talabiga moslash) va tashqi (globallashuv jarayonida yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar, tashqi siyosatda o‘z o‘rni va manfaatlarini aks ettirish zaruriyati) omillar tahlil qilinib, qolaversa siyosiy tizim transformatsiyasining siyosiy ongga to‘g‘ri va aksincha siyosiy ongning unga teskari proporsional ta’sir qilishi, siyosiy ongni dinamik xususiyatini hisobga olib, joylarda jamoatchilik guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali xududlardagi real vaziyat va uning sabablarini o‘rganish, xulosalar berish, islohotlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, fuqarolarda ishonch-mas’uliyat-daxldorlik-javobgarlik tuyg‘ulari va siyosiy ongini samarali shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan birga jamiyat a’zolarining jamoatchilik ishlarida ishtirokini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, imkoniyatlari tahlil qilindi, oldiga qo‘ygan vazifalari ijrosida foydalanildi (O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2021 yil 14 iyundagi 01-27/1479-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur xulocalar partiyaning elektorati hamda aholining ijtimoiy-ciyociy faolligini yanada oshirish faoliyati yo‘nalishidagi ishlari camaradorligiga ijobiy ta’cir ko‘rcatgan. Jumladan, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tuzishda hamda targ‘ibot ishlarining camaradorligi oshishiga katta hicca qo‘shgan;
jamiyatda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘zaro ijtimoiy hamkorligi joylarda islohotlarni samarali amalga oshirishga bevosita ko‘maklashishi va shu bilan birga joriy dasturlarni ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali islohotlar samaradorligiga erishish hamda hamkorlikda ishlab chiqilgan preventiv chora-tadbirlari natijasida islohotlarga nisbatan “ishonchsizlikni” oldini olib, sog‘lom siyosiy ong shakllanishiga asos bo‘lishi oid g‘oyalari Respublika Inson huquqi madaniyati markazi Navoiy viloyat bo‘linmasining 2021 yildagi «Inson huquqi-qonun himoyasida» mavzusidagi ”Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarii va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda ommalashtirish” nomli grant loyixani ikkinchi bosqichidagi rejalarni bajarishda keng foydalanildi (Respublika Inson huquqi madaniyati markazi Navoiy viloyat bo‘linmasining 2022 yil 3 martdagi 7-sonli dalolatnomasi). Natijada, grant loyihasi doirasida Navoiy shaxri, Karmana tumani va Navbaxor tumani fuqarolarida qonunga hurmat, o‘z huquq va erkinlaridan to‘laqonli ravishda foydalana olish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson huquqlarini ta’minlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlarning qadriga etish fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
siyosiy tizim transformatsiyasi va islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli, jamoatchilik nazoratining islohotlarni amalga oshirish yo‘nalishlariga ta’siri va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning siyosiy ongiga ta’sir o‘tkazayotgan turli mafkuraviy taxdidlarning oldini olish vositasi sifatida hamda jamiyatining siyosiy tafakkurini takomillashtirishda oshkoralik va hisobdorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish kabi g‘oyalari ommaviy axborot vositalarida yangi teledasturlarni ishlab yaratish mezonlari ishlab chiqilganligiga oid xulocalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2020-2021 yillar mobaynida efirga uzatilgan “Jamiyat va qonun”, “Kun reportaji”, “Ijtimoiy hayot”, “Dolzarb mavzu”, “Ochiq muloqot” kabi dasturlarda ushbu xulosalardan keng foydalanilgan va muallif bilan postkommunistik siyosiy tizim transformatsiyaning o‘ziga xos jamiyatning mavjud holatini tizimli inqiroz sifatida baholash, inqirozli holatdan chiqish yo‘llari va imkoniyatlarining ob’ektivligi, ya’ni ijtimoiy diagnostika, dunyoviy ijtimoiy rivojlanishning darajasi va tamoyillariga mos kelmaydigan tizim tarkibiy qismlarini yo‘q qilish, jamiyatning yangitdan o‘z-o‘zini anglash uning keyingi harakatlanish yo‘llarini olg‘a surish va asoslash kabi xususiyatlari, unda siyosiy ongning o‘rni va ahamiyatini yoritib berishga qaratilgan interv`yular uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 iyundagi 01-02/68-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi 2020-2021 yillar mobaynida tayyorlangan ijtimoiy-siyosiy dastur va ko‘rsatuvlarni sifati yanada oshishiga xizmat qilgan.