Qarshiev Nurmuhammad Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy partiyaviy tizimlar transformatsiyasining konseptual asoslari», 23.00.01 - Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy fanlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ss235.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori; Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: global o‘zgarishlar jarayonida zamonaviy partiyaviy tizimlar transformatsiyasini O‘zbekiston misolida konseptual jihatdan o‘rganish, partiyaviy tizimlar jarayonini o‘zgarishlarga olib keluvchi ichki va tashqi faktorlarni tahlil qilish hamda bu boradagi takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demokratik saylov standartlarini o‘zgarib borishi hamda partiyalararo raqobatning kuchayishi aholining partiyaviy tizimlarning g‘oyaviy asoslariga nisbatan ishonch darajasini ortishiga - “prezentativ” amaldagi hukumat yoki partiyalarning dasturiga nisbatan ochiq munosabatni bildirishi - “konstruktiv” hamda amaldagi partiyalarga nisbatan muqobil pozisiyani aks ettirish - “konfrontativ” o‘zgarishlar asosida baholanishi ilmiy asoslangan;
davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda partiya g‘oya va dasturlarining “endo”- ichki (partiyaning tashkiliy tuzilishi, kadrlar tarkibi va salohiyati) va “ekzo”- tashqi (davlatning tashqi siyosat sohasidagi milliy manfaatlarni himoyalashdagi ahamiyati) vazifalarini kuchaytirish asosida jamiyat va davlat o‘rtasida “qayta aloqa” tizimini takomillashtirish asoslari isbotlab berilgan;
partiyalarning faoliyat samaradorligini belgilovchi (partiya g‘oyalarining amaldagi natijalari, kadrlarning davlat hokimiyatidagi ulushi, elektoratning o‘sish dinamikasi, milliy manfaatlarni ruyobga chiqarishdagi natijadorligi hamda partiyaning aholi o‘rtasidagi siyosiy imidji) asosiy mezonlar bo‘yicha baholanishi asoslab berilgan;
o‘zgarib borayotgan davr talabidan, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda siyosiy partiyaning dasturiy g‘oyalari, mafkurasi hamda tashkiliy-kadrlar faoliyatini muntazam yangilab borish zamonaviy partiyaviy tizimlarning asosi sifatida tahlil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy partiyaviy tizimlar transformatsiyasining konseptual asoslarini o‘rganish natijasida:
demokratik saylov standartlarini o‘zgarib borishi hamda partiyalararo raqobatning kuchayishi aholining partiyaviy tizimlarning g‘oyaviy asoslariga nisbatan ishonch darajasini ortishiga - “prezentativ” amaldagi hukumat yoki partiyalarning dasturiga nisbatan ochiq munosabatni bildirishi - “konstruktiv” hamda amaldagi partiyalarga nisbatan muqobil pozisiyani aks ettirish- “konfrontativ” o‘zgarishlar asosida baholanishi ilmiy asoslanganligi borasidagi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Kun mavzusi” nomli eshittirishlarining 2021 yil avgust va sentyabr oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib, radio eshittirish davomida shuningdek, bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati, jamiyatni demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning faol ishtiroki ayniqsa, zamonaviy siyosiy jarayonlar rivojlanayotgan sharoitda partiyaviy tizimlarning transformatsiya jarayonini tahlili yoritildi. Partiyaviy tizim hamda uning transformatsiyasi tushunchasining umumiy ta’rifi, rivojlangan davlatlarning siyosiy partiyalari transformatsiya jarayonidagi faoliyati, rivojlanish xususiyatlari hamda ularning ob’ektiv jihatlarini o‘zlashtirish omillari qiyosiy tahlil etilib, natijalar mamlakatimizda siyosiy fanlar nazariyasini hamda partiyalar faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2021 yil 15 oktyabr №04-25-1637-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur teleradiokompaniya tomonidan ommaviy tayyorlangan materiallar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, aholining siyosiy partiyalar bilan o‘zaro hamkorligini oshirish borasidagi bilim, ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda partiya g‘oya va dasturlarining “endo”- ichki (partiyaning tashkiliy tuzilishi, kadrlar tarkibi va salohiyati) va “ekzo”- tashqi (davlatning tashqi siyosat sohasidagi milliy manfaatlarni himoyalashdagi ahamiyati) vazifalarini kuchaytirish asosida jamiyat va davlat o‘rtasida “qayta aloqa” tizimini takomillashtirish asoslari isbotlab berilganligi borasidagi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining tadbirlarini o‘tkazish hamda saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 2-449-sonli dalolatnomasi). Natijada, siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlarni ilgari surish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda deputatlarning davlat va jamoat tashkilotlariga nisbatan ta’sir etish choralarini kuchaytirish, partiyalar qoshida partiyalarning zamonaviy siyosiy jarayonlarga moslashuvchanligini, hamda rivojlanish strategiyasini ishlab chiquvchi “Aql markaz”larini tashkil etishga xizmat qilgan;
partiyalarning faoliyat samaradorligini belgilovchi (partiya g‘oyalarining amaldagi natijalari, kadrlarning davlat hokimiyatidagi ulushi, elektoratning o‘sish dinamikasi, milliy manfaatlarni ruyobga chiqarishdagi natijadorligi hamda partiyaning aholi o‘rtasidagi siyosiy imidji) asosiy mezonlar bo‘yicha baholanishi asoslab berilganligiga doir ilmiy yangiligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishlarida hamda qo‘mitada faoliyat yurituvchi deputatlarning saylovchilari bilan uchrashuvlari shuningdek, ular jalb qilingan partiya tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2022 yil 11 yanvardagi 04/3-11-35-sonli dalolatnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida sotsiologik ilmiy-tadqiqotlarni hamda ijtimoiy ko‘rsatkichlar metodologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
o‘zgarib borayotgan davr talabidan, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda siyosiy partiyaning dasturiy g‘oyalari, mafkurasi hamda tashkiliy-kadrlar faoliyatini muntazam yangilab borish zamonaviy partiyaviy tizimlarning asosi sifatida tahlil etilgan. Ushbu ilmiy yangilik doirasida dissertatsiyada ilgari surilgan g‘oyalar, siyosiy tahlil, xulosa va takliflardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturining “Xalq nomidan, xalq uchun va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan adolatli jamiyat quramiz” deb nomlangan uchinchi bo‘limining 2, 3, 5, 6-xatboshlarini tayyorlashda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning Saylovoldi Dasturining “Bizning maqsadimiz adolatli jamiyat va adolatparvar davlat qurish!” deb nomlangan birinchi bo‘limining 3, 9-xatboshisini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022 yil 31 martdagi №01-04/92 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi siyosiy ongini yuksaltirish, partiyalararo sog‘lom raqobatni yaratish orqali partiyaning jamiyatdagi mavqyeyini ko‘tarishiga xizmat qilgan.