O‘lmasxo‘jayev Zoirxo‘ja Abbos o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ss313.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Nazrulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Dexkanov Narimon Burxonovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri va rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoqlar o‘z strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, shaxs ongi va tafakkuriga turli ommaviy vositalardan foydalangan holda jamiyatning siyosiy madaniyati mafkurasiga ta’sir o‘tkazib, uni barqaror taraqqiyotini yoki beqaror inqirozini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy omil sifatidagi o‘rni siyosiy tahlil orqali ilmiy asoslab berilgan;
jamiyatdagi diniy munosabatlarning o‘rnidan “oqilona” foydalanib uni niqob qilib, ma’lum bir nosog‘lom (vayronkor g‘oyalar asosida) manfatlarga erishish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan o‘z maqsadini amalga oshiruvchi evolyusion dinamik mafkuraviy taktikaning quroli sifatida foydalanilishi ilmiy asoslab berilgan;
jamiyatning tahdidbardoshlik darajasiga ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaxsning sog‘lom ijtimoiy-siyosiy dunyoqarshini va mafkuraviy immunitetini (e’tiqodini) shakllanishiga milliy g‘oya va mafkuraning jamiyatning hamma ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar va ularni samarali targ‘iboti siyosiy barqarorlikni va taraqqiyotni belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligi ochib berilgan;
bugungi globallashgan axborot makonining o‘ziga xos salbiy va ijobiy jihatlarini inobatga olgan holda, jamiyatda ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida mediata’limning joriy qilish maqsadga muvofiq ekanligi tahlil asosida isbot qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tacdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoqlar o‘z strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, shaxs ongi va tafakkuriga turli ommaviy vositalardan foydalangan holda jamiyatning siyosiy madaniyati mafkurasiga ta’sir o‘tkazib, uni barqaror taraqqiyotini yoki beqaror inqirozini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy omil sifatidagi o‘rni siyosiy tahlil orqali ilmiy asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasining dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishda hamda targ‘ibot ishlarida va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022 yil 19 yanvardagi 01-27/429 son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022 yil 29 martdagi 4-13-23-825 son ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish borasidagi siyosiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatdagi diniy munosabatlarning o‘rnidan “oqilona” foydalanib uni niqob qilib, ma’lum bir nosog‘lom (vayronkor g‘oyalar asosida) manfatlarga erishish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan o‘z maqsadini amalga oshiruvchi evolyusion dinamik mafkuraviy taktikaning quroli sifatida foydalanilishi ilmiy asoslab berilgan amaliy takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy- ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IX. Yo‘nalishi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish” 40 bandi Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, diniy aqidaparastlik va ekstremizmning buzg‘unchi g‘oyalaridan ogoh etishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Yoshlar ekstremizmga qarshi”, “Ma’naviyat odam va olam xaloskori”, “Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari”, “Islom terrorizmga qarshi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviytadqiqotlar institutining 2022 yil 5 oktabrdagi 290 son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining fuqarolar dunyoqarashini shakllantirish bilan bog‘liq targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etishga katta hissa qo‘shgan;
jamiyatning tahdidbardoshlik darajasiga ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaxsning sog‘lom ijtimoiy-siyosiy dunyoqarshini va mafkuraviy immunitetini (e’tiqodini) shakllanishiga milliy g‘oya va mafkuraning jamiyatning hamma ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar va ularni samarali targ‘iboti siyosiy barqarorlikni va taraqqiyotni belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligi asoslangan takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘limining 27. “Fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirish hamda millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish” bandi ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022 yil 24 martdagi 01-616 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
bugungi globallashgan axborot makonining o‘ziga xos salbiy va ijobiy jihatlarini inobatga olgan holda, jamiyatda ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida mediata’limning joriy qilish maqsadga muvofiq ekanligi tahlil asosida isbot qilingan xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar dasturining IV yo‘nalishi “Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish” 34 bandida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 24 mayidagi 02/02/889 son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar Markazning ushbu yo‘nalishdagi ishlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.