Xudaybergenov Ne’matulla Matkarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mamlakat don mustaqilligini ta’minlovchi dehqonchilik tizimining ilmiy asoslari”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.1.DSc/Qx161.
Ilmiy maslahatchi: Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy‒tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Reimov Niyatbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Jumabaev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikada erlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va meliorativ holatini yaxshilash, aholining don va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, g‘o‘za:g‘alla almashlab navbatlab ekish, kuzgi boshoqli don va takroriy ekinlardan yuqori va sifatli hosil etishtirish hamda mamalakatning don bilan ta’minlovchi dehqonchilik tizimining ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, mamlakat don mustaqilligini ta’minlovchi dehqonchilik tizimi g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan va respublika qishloq xo‘jaligiga joriy etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasi olingan;
respublikada g‘o‘za ekin maydonlari qisqartirilib, 1069,5 ming gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va 2002 yil 5 mln. tonna g‘alla etishtirilib, mamlakat don mustaqilligiga erishilgan;
g‘o‘za:g‘alla almashlab navbatlab ekish dehqonchilik tizimida kuzgi boshoqli don ekinlari hosili yig‘ishtirib olingandan keyin 30 dan ortiq takroriy ekinlarni etishtirish, bir yilda ikki marta hosil olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda takroriy ekinlar 1,2-5,5 t/ga ildiz va ang‘iz qoldirishi, organik moddalar to‘planishi hisobiga tuproq unumdorligini saqlash va tiklanish qonuniyati ilmiy asoslangan;
respublikada yangi g‘o‘za:g‘alla almashlab navbatlab ekish dehqonchilik tizimi joriy etilishi natijasida har yili 3,0-3,5 mln. tonna paxta, 6,5-7,0 mln tonna don hamda takroriy ekilgan dukkakli va boshoqli don, em-xashak, sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlarini etishtirishning ilmiy-amaliy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakat don mustaqilligini ta’minlovchi dehqonchilik tizimini ilmiy asoslash, g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish dehqonchilik tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
“Paxtachilik kompleksi almashlab ekishda boshoqli don ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar”, “O‘zbekiston Respublikasida kuzgi boshoqli don va ertagi ekinlardan keyin takroriy ekinlar etishtirish agrotexnologiyasi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha tavsiyalar”, “Qaraqalpaqstan Respublikasi shәriyatinda kartoshka jetistirio‘ texnologiyasi boyinsha usinislar” tavsiyanomalari tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 02/023-04/4497-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomalar g‘o‘za, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlar ekadigan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani va Sirdaryo viloyati sharoitida g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish dehqonchilik tizimida boshoqli don ekinlarini massivlashtirish usulida joylashtirish va etishtirish texnologiyasi 2329 ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 02/023-04/4497-son ma’lumotnomasi). Natijasida g‘alla hosildorligi 1,9-7,3 s/ga, sof daromad 28363,4-98602,9 so‘m, rentabellik darajasi 5,2-18,3% ortgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida boshoqli don ekinlari 53 ming ga, takroriy sabzavot va kartoshka ekinlari 1422 ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 02/023-04/4497-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doydan 55 s/ga, takroriy kartoshkadan 25 t/ga hosil olishga erishilib, rentabellik darajasi 55,3% ni tashkil etildi;
intensiv g‘o‘za:g‘alla (1:1) navbatlab ekish dehqonchilik tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “O‘t dalali va qator oralari ishlanadigan dehqonchilik sistemasi hamda uning beda:g‘o‘za (3:7) almashlab ekish tizimini saqlagan holda qisqa almashlab ekish tizimiga o‘tish bosqichlarining ilmiy-amaliy asoslari” ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 02/023-04/4497-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat bo‘yicha g‘o‘za maydonlari keskin qisqartirilgan, o‘rniga yangi “Intensiv g‘o‘za:g‘alla (1:1) navbatlab ekish dehqonchilik sistemasi” to‘liq joriy etilgan va “g‘o‘za : g‘alla” nisbati 1:1 ga keltirilgan. Pirovardida 003687-raqamli va № 002991 – raqamli ixtiro guvohnomalari olingan.