Obro‘ev G‘afur Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdoshlarning ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx605.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSs.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Mahmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘alla-sabzavot ekiladigan erlarda somon, o‘tmishdosh va siderat ekinlarning kuzgi bug‘doy don hosili va sifatiga hamda, tuproq unumdorligiga ta’sirini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida ilk bor somon, o‘tmishdosh va siderat ekinlari sifatida foydalanishning kuzgi bug‘doy etishtirishdagi ta’siri aniqlangan; 
Samarqand viloyati sharoitida xantal o‘simligi (m: tuproqning 0-25 sm qatlamida ildiz quruq massasi eng yuqori ko‘rsatkich,  ko‘kat o‘g‘it sifatida 6 t somon+xantal variantida 174,39 g, o‘tmishdosh ekin sifatida xantal ekilgan variantida 158,92 g)  turli o‘tmishdosh ekinlarga nisbatan qiyosiy baholangan va ta’siri ijobiyligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning assimilyasion yuzasi bahorgi tuplanish davrida yozgi shudgor (nazorat) variantida 7,80 ming m2/ga, 6 t somon+ko‘kat o‘g‘itlar qo‘llanilgan variantlarda 9,01-9,52 ming m2/ga ni, xantal o‘tmishdosh ekin sifatida ekilgan variantda 9,52 ming m2/ga ni tashkil etganligi va EFP, FSM, Kfar ga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdosh ekinlarning ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doy hosil elementlarining shakllanishi, don hosildorligi yozgi shudgor (nazorat) variantda kuzgi bug‘doy don hosildorligi o‘rtacha uch yilda 59,1 s/ga, 6 t somon+xantal variantida 69,4 s/ga, xantalni o‘tmishdosh ekin sifatida foydalanilgan variantda kuzgi bug‘doy don hosildorligi mos ravishda 64,5 s/ga ni tashkil etganligi  va donning sifat ko‘rsatkichlariga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdosh ekinlarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘allachilikda kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdoshlarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ushbu tadqiqot ishi asosida «Samarqand viloyati sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdoshlarning ta’siri» tavsiyanoma g‘allachilik fermer xo‘jaliklari uchun kshhllama sifatida xizmat qilmoqda;
g‘allachilik fermer xo‘jaliklari uchun Samarqand viloyati sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga somon, ko‘kat o‘g‘it va o‘tmishdoshlarning ta’siri bo‘yicha f/x da “Nur Dur Gullar Agrochamani”  fermer xo‘jaligida 12,5 gektar, “Rajabov Suyar Nur Bog‘i”  fermer xo‘jaligida 14,5 gektar, “Bobur Agrojahon”  fermer xo‘jaligida 15,5 gektar, “Tarnov unumdor zamini”  fermer xo‘jaligida  10,2  gektar, jami   52,7 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 avgust 02/23-04/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doy ekilgan nazorat variantda o‘rtacha 59,1 s/ga don hosili olingan bo‘lsa, o‘tmishdosh ekin ko‘k no‘xat va xantaldan so‘ng kuzgi bug‘doy ekilganda 62,4-64,5 s/ga, nazorat kuzgi bug‘doy ekilgan variantga nisbatan 3,3-5,4 s/ga qo‘shimcha kuzgi bug‘doy don hosili olishga erishilgan. 6 t somon+ko‘kat o‘g‘itlar ta’sirida kuzgi bug‘doy don hosildorligi 67,6-69,4 s/ga ni tashkil etib, nazorat kuzgi bug‘doy ekilgan variantga nisbatan 8,5-10,3 s/ga qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doy don hosili va sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar Samarqand viloyati Tayloq tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida  “Mahmudxo‘ja Behbudiy erlari”  fermer xo‘jaligida 6,8 gektar maydonga, “Mehribon Lochin Ulug‘bek” fermer xo‘jaligida 5,2 gektar maydonga, “Ziyo Jahongir Firdavs”  fermer xo‘jaligida  9,8 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 21,8 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 avgust 02/23-04/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida g‘alladan 8,5-10,3 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, shartli sof foyda 3,0 mln so‘mgachani tashkil etib, rentabellik 33,9 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy etishtirishda organik (somon+ko‘k o‘g‘itlar) o‘g‘itlardan hamda qulay o‘tmishdosh ekinlaridan foydalanish 78,5gekrada joriy etildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 avgust 02/23-04/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada 6 tonna somon+xantal ekilgan variantiga eng yuqori sof foyda 3,0 mln so‘mni va rentabellik 33,9 foizni, yozgi shudgor (nazorat) variantdagidan 1,2 mln so‘m/ga ko‘proq foyda olinib, rentabellik darajasi 13,2 foizga ortishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish