Zakirova Umida Maxamadaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlarni statistik usullarda baholash», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/Iqt2164.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtier Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘tanov Bunyod Quvondiqovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlarni statistik usullarda baholash hamda istiqbollarini prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy statistika amaliyotida mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholovchi ko‘rsatkichlaridan samarali foydalangan holda, agrar sektor faoliyatini kompleks statistik baholash bo‘yicha integral ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2)ga asosan agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar hamda dinamik jarayonlarni baholash qamrovining kengaytirilgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi iqtisodiy indeks usulini qo‘llash asosida ekstensiv va intensiv omillar hisobiga baholangan;
ko‘p omilli statistik tahlil usullaridan foydalanib, qishloq xo‘jaligi sub’ektlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar va ularning samaradorligini statistik baholashning jamlanma ko‘rsatkichlari tizimi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida agrosanoat klasterlari faoliyati o‘zaro fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liqligini inobatga olib, respublikadagi klasterlarning faoliyatini statistik hisobga olishning uslubiy jihatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlarni statistik usullarda baholash mavzusida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
milliy statistika amaliyotida mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholovchi ko‘rsatkichlaridan samarali foydalangan holda, agrar sektor faoliyatini baholash bo‘yicha taklif etilgan integral ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 01/1-11-19-214-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 24.2-bandiga kiritilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2)ga asosan agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar hamda dinamik jarayonlarni baholash qamrovining kengaytirilgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi iqtisodiy indeks usulini qo‘llash asosida eksteniv va intensiv omillar hisobiga baholangan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 01/1-11-19-214-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar agrar sektorda amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini oshirishda, xususan mamlakatimizda statistika tizimini tubdan isloh qilish maqsadida olib borilayotgan islohotlar qatorida 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasining agrar sektor yo‘nalishidagi vazifalarining ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.
ko‘p omilli statistik tahlil usullaridan foydalanib, qishloq xo‘jaligi sub’ektlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar va ularning samaradorligini statistik baholashning jamlama ko‘rsatkichlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 01/1-11-19-214 sonli ma’lumotnomasi); Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholash imkoniyati oshgan;
qishloq xo‘jaligida agrosanoat klasterlari faoliyati o‘zaro fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liqligini inobatga olib, respublikadagi klasterlarning faoliyatini statistik hisobga olishning uslubiy jihatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 01/1-11-19-214 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5853-son Farmoniga muvofiq agrosanoat klasterlari faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni kompleks statistik baholash hamda xo‘jalik yuritishning yangi maqbul shakllarini qo‘llash imkoniyatlarini oshirgan.