Xushvaqov Nabi Olimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kesh tarixi va madaniyati (Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasida materiallari asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 17.00.06 – Muzeyshunoslik: tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosliklari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tar240.
Ilmiy maslahatchi: Ismoilova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2022.Tar.70.05. raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxopovich, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Saypullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kesh vohasining tarixi, madaniyati yozma manbalar, arxeologik manbalar, janubiy Sug‘ddagi o‘ziga xos xususiyatlar, moddiy madaniyati, muzeyshunoslik masalalari, jamlanmalarning hisobga olish, sohaga oid qarorlar va farmonlar ijrosini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sug‘d hududida ilk o‘rta asrlarda keng tarqalgan ossuariylar (ostadonlar) jumladan, O‘zbekiston tarixida “Shahrisabz ossuariysi” deb ataluvchi noyob arxeologik topilma va Yumaloqtepa materiallari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan;
Yakkabog‘ tumaniga qarashli Olakuylak qishlog‘i hududidagi “Qovurg‘a Ota” qabristonidan topilgan yangi topilma-terrakotada Siyovush qiyofasi ifodalangani dalillanib, Olakuylak terrakotasi nomi bilan ilmiy muomala doirasiga tortilgan;
Shulluktepa yodgorligidan topilgan sopol plaketkada eramizdan oldingi I asrlarga mansub Sug‘d teatri aktyorlarining niqoblari aks etgani, teatr san’ati grek-rim san’ati ta’siri asosida shakllanganligi, hamda “Oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni” yetakchisi Muqanna qal’asi joylashgan joy yangidan aniqlanib, tarixiy topografik tadqiqotlar natijasida qurilishi va qo‘zg‘oloni tarixi asoslangan;
muzey qo‘riqxonalar, muzeylar infratuzilmasining huquqiy-normativ hujjatlarini takomillashtirishning bugungi kundagi zarurati, ehtiyoji, fondlar hamda ko‘rgazmalarda namoyish etilayotgan osori-atiqalar va san’at tarixiy faktologik manbalar asosida dalillangan;
YuNESKOning nomoddiy madaniyati ro‘yxatiga kiritilgan “Shoshmaqom” ekspozisiyasini yaratish, maqom tarixiga oid yozma va arxeologik manbalar asosida va inklyuziv uslubda ko‘rgazmalar yaratish zarurligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kesh tarixi va madaniyatining Shahrisabz davlat-muzey qo‘riqxonasi muzey ashyolarini saqlash va targ‘ib etishdagi o‘rni mavzusidagi tadqiqotlarga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
muzey qo‘riqxonalar, umuman, muzeylar infratuzilmasining huquqiy- normativ hujjatlarini takomillashtirishning bugungi kundagi zarurati,ehtiyoji, fondlar hamda ko‘rgazmalarda namoyish etilayotgan osori - atiqalar va san’at tarixiy faktologik manbalar asosida milliy an’ana hamda qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, arxeologik yodgorliklarni o‘rganish, asrash, ulardan foydalanish, ommalashtirish bo‘yicha echim topishda Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi fondidagi eksponatlarni saqlash, tadqiq etish va ekspozisiyalar yaratish ishlari amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2022 yil 17 dekabrdagi 01-10/437-son ma’lumotnomasi). Natijada Shahrisabz shahrida yangi ekspozisiyalar yaratilib, fonddagi eksponatlarni hujjatlashtirishda yangi tartiblar joriy etilgan.
Shulluktepa yodgorligidan topilgan sopol plaketkada eramizdan oldingi I asrlarga mansub Sug‘d teatri aktyorlarining niqoblari aks etgani, teatr san’ati grek-rim san’ati ta’siri asosida shakllanganligi, hamda “Oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni” yetakchisi Muqanna qal’asi joylashgan joy yangidan aniqlanib, tarixiy topografik tadqiqotlar natijasida qurilishi va qo‘zg‘oloni tarixi O‘zbekiston tarixi va madaniyatida teatr san’atining paydo bo‘lishi va rivojlanishida antik davrda paydo bo‘lgani, davr jihatdan 2100 yildan ziyod ekani, teatr san’atining genezisi Evropa ta’siri ostida rivojlanganli kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yildagi 9 martdagi 01-06-69-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi teatr san`atining shakllanish jarayoni antik davr bilan bog‘liq ekanligi asoslangan.
Yakkabog‘ tumaniga qarashli Olakuylak qishlog‘i hududidagi “Qovurg‘a Ota” qabristonidan topilgan yangi topilma-terrakota ilmiy-qiyosiy tahlil etilib, unda Siyovush qiyofasi ifodalangani dalillanib, Olakuylak terrakotasi O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali Shahrisabzdagi muzeyshunoslik yo‘nalishlari, osori - atiqalar, Olakuylak qishlog‘i hududidagi qabristondan topilgan Siyovush qiyofasi aks etgan terrakota, Siypantosh, Uzunqir va Sangirtepa ibodatgohlari haqidagi ilmiy-ommabop hujjatli fil`mlar tasvirga olingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali Davlat muasassasi 2022 yil 16 martdagi 03-14-83-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi asosida muzeylardagi ekspozisiyalarda yangi qo‘llanma va yo‘riqnoma ishlab chiqilgan, Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi ekspozisiyalarini tomosha qilgan mahalliy va xorijiy sayyohlar estetik zavq olib, teletomoshabinlarga esa o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatiga oid yangi ma’lumotlar olish imkonini bergan.