Davurova Shohida Haydarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): "Buxoro amirligi savdo munosabatlari tarixi (1756-1868 yillar)", 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tar188.
Ilmiy rahbar: Isakova Muhayyo Sirojiddinovna, tarix fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
 Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Otaxo‘jaev, tarix fanlari doktori; Jahongir Yunusovich Ergashev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1756-1868 yillarda Buxoro amirligi savdo munosabatlarining tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mang‘it hukmdorlari davrida amirlik bozorlarda kafolatlangan oldi-sotdi amaliyotlarini qayd qiluvchi vasiqai bay-i bot (uzil-kesil oldi-sotdi hujjati) va xatti ijara (ijara hujjati) kabi savdo bitimi hujjatlarini joriy qilingani natijasida savdogar va xaridorlarning haq-huquqlari himoyalangani dalillangan;
amirlik bozorlarining savdo aylanmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofat, savdo yo‘llarida tarqalgan yuqumli kasalliklar hamda urush sababli narx-navoning oshishiga qarshi Buxoro, Samarqand va qarshi kabi yirik shaharlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana bahosi belgilanib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlagani aniqlangan;
amirlikda faoliyat yuritgan Ernazar Maksud o‘g‘li, Muhammad Sharif o‘g‘li va Hoji Mirzo Abdurrauf kabi ko‘plab buxorolik savdogarlar nafaqat tijorati bilan shug‘ullanganlar, balki davlat elchisi hamda ta’lim, tibbiyot sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-kuvvatlagan asosiy sarmoyadorlar bo‘lganligi asoslangan;
Rossiya imperiyasi 1868 yilda amirlik hududlarini bosib olgandan so‘ng zo‘ravonlik bilan imzolangan hamda bir yoqlama manfaatlar asosida tuzilgan savdo shartnomalari natijasida amirlikning qozoq juzlari, Eron, Hindiston va Afg‘oniston bilan uzliksiz o‘sib kelayotgan tashqi savdo ishlarini cheklab, inqirozga olib kelgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligida savdo munosabatlari tarixi (1756-1868 yillar) doirasida olib borilgan izlanishlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot davomida Mang‘it hukmdorlari davrida amirlik bozorlarda kafolatlangan oldi-sotdi amaliyotlarini qayd qiluvchi vasiqai bay-i bot (uzil-kesil oldi-sotdi hujjati) va xatti ijara (ijara hujjati) kabi savdo bitimi hujjatlarini joriy qilingani natijasida savdogar va xaridorlarning haq-huquqlari himoyalanganligiga oid aniqlangan arxiv hujjatlari Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida ko‘rgazma tayyorlashda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros agentligining 2022 yil 29 avgustidagi 02-01/2692-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy hujjatlar bilan boyitilgan muzey ko‘rgazmasi bu erga tashrif buyuruvchilarga Buxoro amirligining iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan;
amirlik bozorlarining savdo aylanmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofat, savdo yo‘llarida tarqalgan yuqumli kasalliklar hamda urush sababli narx-navoning oshishiga qarshi Buxoro, Samarqand va qarshi kabi yirik shaharlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana bahosi belgilanib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanganligiga oid dissertasiya materiallaridan Tarix institutida 2019-2020 yillarda bajarilgan "O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII-XIX asr birinchi yarmi)" mavzusidagi PZ-20170928402-raqamli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 21 iyuldagi 3/1255-1669-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar O‘zbekiston tarixini yondashuvlar, munozaralar, ishlanmalar, xulosalar bilan boyitish, shuningdek Buxoro amirligi savdo munosabatlari tarixiga oid ma’lumotlarni boyitish va tarixning kam o‘rganilgan jihatlarini ochib bergan;
Buxoro amirligida amirlikda faoliyat yuritgan Ernazar Maksud o‘g‘li, Muhammad Sharif o‘g‘li va Hoji Mirzo Abdurrauf kabi ko‘plab buxorolik savdogarlar nafaqat tijorati bilan shug‘ullanganlar, balki davlat elchisi hamda ta’lim, tibbiyot sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-kuvvatlagan asosiy sarmoyadorlar bo‘lganligiga oid ma’lumotlar "O‘zbekiston tarixi" telekanalining "taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 3 avgustdagi 02-31-1229-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv jamoatchilik orasida Buxoro amirligi savdogarlarning ijtimoiy tarkibi va keng qamrovli faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish