Halimova Muxayyoxon Muxammedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida olamning lisoniy manzarasi voqelashuvida “head/bosh somatizmi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil2309. 
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tilari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qodirov Ziyoitdin Mamadalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “head/bosh” konsepti lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklarning lingvokognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
konsept va u bilan aloqador bo‘lgan tushunchalar, ularning zamonaviy kognitiv tilshunoslik fanidagi markaziy o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan hamda ingliz va o‘zbek tillarida “head/bosh” semantik maydonining yadro hamda periferiya qismlarini tashkillovchi lisoniy va assotsiativ birliklar aniqlangan, ular orasidagi sistem munosabatlar ochib berilgan; 
“head/bosh” konsepti umumlisoniy konseptlar sirasiga kirganligi sababli, chog‘ishtirilayotgan tillarda izomorf – o‘xshash va allomorf – farqli lingvomadaniy jihatlar ushbu konsept lisoniy voqelanishini kuzatish orqali ochib berilgan;
“head va bosh” komponentli frazeologik birliklar va paremiyalarning turli ingliz va o‘zbek xalqlari milliy ongida mavjud arxetip tasavvurlar umuminsoniy va milliy, ijobiy, salbiy va betaraf ekanligi, ularda xalqning intellektual va xayotiy tajribasi, donishmandligi, ma’naviy dunyosi, ahloq-odob stereotiplari o‘z ifodasini topish va boshqa mavzui guruhlarni tasvirlagan frazeologik va paremiologik birliklar orqali ochib berilgan;
head, bosh va tarkibiga head/ bosh kirgan birliklar nafaqat madaniy ma’no, balki pragmatik ma’no ifodalash xususiyatiga ega ekanligi, uning kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi, asosan, kommunikativ maqsad-muddaoning konstativ guruhiga mansubligi, unda maslahat, buyruq, kesatiq, ogohlantirish kabi intensional ottenkalar mavjud bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “head/bosh” konseptining lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklarning lingvokognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
“konsept” tushunchasining tahlili, o‘zbek va ingliz tillarida berilgan “head/bosh” nominativ maydonining yadro va periferiya birliklari aniqlanganligi, ularning maydon miqyosidagi o‘rni, verbalizatorlarning qiyosiy tahlili hamda bu orqali aniqlangan o‘xshash va farqli xususiyatlar borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillariga mo‘ljallangan 1684/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida talabalar uchun o‘zbek va ingliz tillarida tuzilgan dastur va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni boyitilgan;
o‘zbek millatining til an’ananalari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarining millatlararo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va aloqalarini mustahkamlashga doir ilmiy xulosalardan “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion tehnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasida foydalanilgan (I-204-4-5 son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari konsept-tushuncha-ma’no o‘rtasidagi umumiy va xususiylik masalalari keng qamrovli o‘rganilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda tadqiq etishga hizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “head/bosh” konseptining lingvomadaniy xususiyatlariga doir taklif va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy- ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radio eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 17-oktabrdagi 04-36-1744-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radio eshittirishlari mazmunining ilmiy jihatdan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish