Davlatova Xulkaroy Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar nutqi: psixolingvistik xususiyatlari va shakllanish omillari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1445.    
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Najmeddinov Axmad Raxmatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar nutqining psixolingvistik xususiyatlari, nutq rivojlanishida ijtimoiy muhitning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq kompetensiyasi shakllanayotgan til sohibining kognitiv, ijtimoiy va shaxsiy tavsifiga ko‘ra lingvistik, kommunikativ va uslubiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarining (bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar, faoliyat usullari) to‘plami ekani dalillangan;
oilaning bola shaxsiyatiga regulyativ ta’siri mavjudligi, lisoniy ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning butun hayoti davomida, ayniqsa, bolalik va o‘spirinlik davrida intensiv ravishda davom etishi aniqlangan;
ingliz bolalarining nutqiga ko‘proq qoliplashganlik, me’yoriylik xosligi, o‘zbek bolalarining nutqiga esa aksincha holat xosligi, inglizzabon bolalar subtilida bo‘g‘inlash, bo‘g‘in eliziyasi, undosh va unli fonemalarni almashtirish fonetik o‘ziga xos xususiyatlari ekani aniqlangan;
o‘g‘il bolalar til qoidalariga e’tiborsiz, qizlar esa aksincha ekani, bolalar nutqidagi gender farqlari 3 yoshdan keyin, ammo 6 yoshdan avval ko‘rina boshlashi, bunda ijtimoiy gomogen muhit bu farqlarni kechiktirsa, geterogen muhit ularni tezlashtirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida somatik frazeologik birliklar tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
nutq kompetensiyasi lingvistik, kommunikativ va uslubiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarining (bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar, faoliyat usullari) to‘plami ekani bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “P3-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 3 noyabrdagi 38-08-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada sud lingivistikasiga oid amaliy va nazariy qarashlar yangi materiallar bilan boyitilgan; 
oilaning bola shaxsiyatiga regulyativ ta’siri mavjudligi, lisoniy ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning butun hayoti davomida, ayniqsa, bolalik va o‘spirinlik davrida intensiv ravishda davom etishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 3 noyabrdagi 38-08-3960-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar lisoniy madaniyatini ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan; 
ingliz bolalarining nutqiga ko‘proq qoliplashganlik, me’yoriylik xosligi, o‘zbek bolalarining nutqiga esa aksincha holat xosligi, inglizzabon bolalar subtilida bo‘g‘inlash, bo‘g‘in eliziyasi, undosh va unli fonemalarni almashtirish fonetik o‘ziga xos xususiyatlari ekani xususidagi ilmiy xulosalardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mahalla va oila ilmiy tadqiqot insitutida bajarilgan JHBL-84-son “Ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlarga amaliy-psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mahalla va oila ilmiy tadqiqot insitutining 2022-yil 13 oktabrdagi 01-09/1085-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalardagi ajrim holatlari, tazyiq va zo‘rovonlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan.
o‘g‘il bolalar til qoidalariga e’tiborsiz, qizlar esa aksincha ekani, bolalar nutqidagi gender farqlari 3 yoshdan keyin, ammo 6 yoshdan avval ko‘rina boshlashi, bunda ijtimoiy gomogen muhit bu farqlarni kechiktirsa, geterogen muhit ularni tezlashtirishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ”Madaniy-ma’rifiy va badiiy yeshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli yeshittirishlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 18-oktabrdagi 04-36-1749-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda xususiy diskurslarda milliy o‘ziga xoslik ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish