Asronova Mohigul Musaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz xususiy diskurslarida paremiyalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1608.    
Ilmiy rahbar: Shaxobiddinova Shohidaxon Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Hamraeva Shaxlo Mirdjanovna, filologiya fanlari bo‘icha falsafa doktori (PhD), dotsent; Toirova Nargiza Isaqovna, filologiya fanlari bo‘icha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tiliga doir paremiologik birliklarni xususiy diskurs doirasida kognitiv-diskursiv va pragmatik-kommunikativ yondashuvlar nuqtai nazaridan ochib berish, shuningdek, ushbu lingvistik hodisalarning funksional qoliplarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 o‘zbek-ingliz ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma ommaviy nashrlar, ayrim ijtimoiy tarmoq materiallari asosida paremiyaning xususiy diskursni shakllantirishdagi struktur, kognitiv va lingvokulturologik imkoniyatlari siyosiy muloqot, so‘zlashuv nutqiga doir matnlar orqali ochib berilgan;
 o‘zbek siyosiy diskurslarida, asosan, tarixiy hikmatlardan, tezkor muloqotlarda grammatik jihatdan sodda, ixcham maqollardan foydalanilishi, ingliz siyosiy diskurslarida muayyan xalqqa tegishli bo‘lmagan, ko‘proq zamonaviy siyosatchilarning aforizimlaridan, kam o‘rinlarda xalq maqollaridan foydalanilishi aniqlangan;
 ommaviy axborot vositalaridagi siyosiy diskurs arxitektonikasida paremiyalarning funksional xususiyatlari o‘zbek va ingliz tillarida paremiya qo‘llovchilarning kognitiv-diskursiv tavsifi aspektida ochib berilgan; 
 ommaviy muloqotda jamoatchilik bilan aloqa qilishda paremiyadan foydalanishning dunyo, hukmlar, munosabat, adresatning niyatlari haqidagi bilimlar bilan bog`liq kognitiv hamda perlokutiv imkoniyatlari qiyosan ochib berilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz xususiy diskurslarida paremiyalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
 dissertatsiyadagi paremiyalarning milliy o‘ziga xosligi, kognitiv-pragmatik xususiyatlari, ta’lim jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari, stilistik vosita sifatidagi qo‘llanishlari tahlili, siyosiy diskursning o‘ziga xosligi, og‘zaki va yozma matn ko‘rinishlari va stilistik vositalarning kontekstual tahlili bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-may 01-1015-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus diskurslarda paremiyalar qo‘llanilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
 dissertatsiyadagi diskurs, paremiyalarning milliy o‘ziga xosligi, ularning antik davrdan tortib bugungi kunga qadar taraqqiyot bosqichlarida sodir bo‘lgan transformatsiyalar, didaktika va lingvistika fanlarining binar oppozisiya o‘zaro kesishuv va differensial nuqtalari, stilistik vositalar klassifikatsiyasi va ularning dinamik o‘zgarishlari, poetik tilning o‘ziga xosligi, transtekstual matn ko‘rinishi va stilistik vositalarning kontekstual tahlillaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20200422022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” davlat ilmiy-texnika va dasturi doirasidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-may 01/6-1018-son ma’lumotnomasi). Natijada stilistika va matn tahliliga oid metodologiyani yangi nazariy qarashlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
 o‘zbek va ingliz xususiy diskurslarida paremiyalarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari dissertatsiyasi natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” Milliy teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlari ssenariysini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-maydagi 04-36-767-con ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda xususiy diskurslarda milliy o‘ziga xoslik ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish