Ruziev Akbar Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xususiy diskurslarda gender stereotiplarni farqlovchi nutq birliklari (“Mendirman Jaloliddin” va “Ertug‘rul” kinossenariylari misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2346.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Turniyazova Shaxnoza Nematovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy diskurslarda gender stereotiplarning lingvistik xususiyatlarini aniqlash, qardosh tillarda gender stereotiplarning o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganish va umumlashtirish, kinossenariylarning pragmatik va lingvokulturologik omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy diskurslarda gender stereotiplarining tarixiy kinossenariylarlar matnidagi yashirin pragmatik imkoniyatlari, adresat va adresant o‘rtasidagi muloqotga milliy mental omillar va nutqiy sharoitning ta’siri bilan bog‘liq sotsiopragmatik jihatlar aniqlangan;
tahlilga tortilgan manbalarda gender stereotiplarining tarkibi va tarkibiy qismlararo munosabatlarini, tanlangan til materiallarining ichki guruhlarga mansub lisoniy birliklarning ma’noviy va vazifaviy imkoniyatlari hamda xususiyatlari aniqlangan;
gender stereotiplarni farqlash uchun turli xil ta’riflar va sinonimlarning mavjudligi ularni shaxsga bog‘liq bo‘lgan denotatsiyalarning turli sinflarini va guruhlarini (shaxsning tashqi ko‘rinishi elementlarini), shaxs belgilarini (faoliyati, tili, ongini), his-tuyg‘ular, iroda erkinligi, ism, marosim va ijtimoiy xulq-atvor, shaxsiy belgilar (yaxshilik va yomonlikni farqlash, xarakter, axloqiy rangli harakatlar) mavjudligiga aloqador omillar qiyoslash va chog‘ishtirish orqali ochib berilgan;
kinossenariylardagi gender xususiyatlar muloqot tarkibining fonetik, morfologik va sintaktik birliklarida tilning belgilangan normalaridan uzoqlashish natijasida gender yondashuvning maishiy, hududdiy, madaniy sotsiopragmatik vazifasi, sotsial imkoniyati, nutqiy birliklarning tanlanishiga ko‘ra namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiy diskurslarda gender stereotiplarni farqlovchi nutq birliklari masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiy diskurslarda gender stereotiplardan foydalanish hamda ularning sotsial xoslanishga ta’siri, uni yuzaga chiqaruvchi vositalarning pragmatik imkoniyatlari, muloqot paytida so‘zlovchi tomonidan nutqning qanday ifoda qilinishi, bunda noverbal vositalarning ahamiyatini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 20-oktabrdagi 01/4-2879–son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida gender stereotiplarning pragmatik xususiyati asosida korpusda berilish tamoyillarini tavsiflashga aloqador vazifalar takomillashtirilgan;
zamonaviy ilmiy diskursdagi “gender” tushunchasi, tilshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalari tahlili, gender stereotiplarga oid antinomik ziddiyatlarini muloqot xulqining belgilangan stereotiplari bilan ko‘rsatish va farqli belgilarini dalillashga oid ilmiy xulosalardan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 20-oktabrdagi O1/4-2880–son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyaning rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
xususiy diskurslarda gender stereotiplardan grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramonlar ijtimoiy holati, ruhiyati, tafakkur tarzi, hayotga munosabati, sotsiopragmatik munosabatlar masalasiga oid xulosalardan C-202003161 raqamli “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” nomli grant loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 01-04-08/444–son ma’lumotnomasi). Natijada kinossenariy terminlarining lingvokulturologik tadqiqi olib borilib, badiiy, publisistik matnlar tahlil qilib ko‘rilganda, gender stereotiplarga oid terminlar miqdori iste’moldagidan ko‘ra ko‘proq ekani ma’lum bo‘lgan;
xususiy diskurslarda gender stereotiplarning erkak va ayollar nutqida aks etishi, nutqdagi farqlar, oddiy so‘zlashuv jarayonida suhbatdoshlarning his-tuyg‘ulari, odatlari va tana harakatlari muhim rol o‘ynashi masalasiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Muzey bo‘ylab sayyor dars” dasturidagi ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-oktabrdagi 02-30-1814-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar muloqot inson tafakkuri faoliyatining mahsuli bo‘lib, bu jarayonda nutq egalari tomonidan turli maqsadlarga yo‘naltirilgan rang-barang nutqiy tuzilmalar hosil qilinishi, nutqiy akt jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinib, nutq xulqi qoidalariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan nutqiy harakat hisoblanishi hamda tilning ijtimoiy ahamiyati, sotsiopragmatik imkoniyatlarining o‘rganilishi, tilning taraqqiyoti xalqning shoir yoki yozuvchi-ijodkorlari, olimlari sa’y-harakatlariga bevosita bog‘liqligi haqida ma’lumotlardan bahramand bo‘lgan.