Qodirova Fazilat Shukurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari san’atshunoslik diskursining sotsiolingvistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil259.
Ilmiy rahbar: - 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 asosida Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Paluanova Halifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Teshaboeva Ziyoda Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mirsanov G‘aybullo Kulmuratovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari san’atshunoslik diskursining sotsiolingvistik aspektda o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at terminlarining semantik va derivatsion strukturasi hamda o‘zlashma qatlamining umumiy va farqli jihatlarini aniqlash orqali san’atshunoslik diskursining tilning ichki resurslariga tayanishi hamda terminologiyadan foydalanishda diskurs ishtirokchilarining rollari nisbatan barqaror bo‘lishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida san’atshunoslik diskursida stilistik vositalarning davriylik, harakatchanlik, yaxlitlik, moslashuvchanlik, uzluksizlik kabi belgilar orqali o‘quvchini performativ faoliyatga undash, pragmatik ta’sir o‘tkazish, stereotiplarni yaratish omili sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
san’atga oid matnlarni narrativ-narrativ bo‘lmagan kategoriyalarga ajratish orqali klassik va zamonaviy san’atshunoslik diskursining olamning lisoniy manzarasini yaratishda muhim o‘ringa egaligi til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlari asosida dalillangan;   
ingliz va o‘zbek tillarida san’atga oid matnlarning diskurs hosil qiluvchi imkoniyatini aniqlash orqali zamonaviy diskurs konseptualizatsiyasining klassik diskursga xos bo‘lgan estetik, nozik hissiy xususiyatining olamni yangicha idrok etishda san’at ob’ektini kundalik konseptlar prizmasi orqali namoyon bo‘lishi dalillangan;  
san’atshunoslik diskursining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan sotsiolingvistik omillarni aniqlash orqali uning muayyan kodni namoyon etuvchi madaniyat fenomeni, madaniy makonning bir turi sifatida tushunish va baholashga asoslangan tavsiyalar berilgan. 
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilda olam xaqidagi bilimlar ikkilamchi interpretatsiyasining antropotsentrik mohiyatini tadqiq qilishda erishilgan nazariy hamda amaliy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
turli tarixiy bosqichlarda san’atshunoslik diskursining o‘ziga xos xususiyatlari tilning ichki resurslariga tayangan holda ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at terminlarining semantik va derivatsion strukturasi hamda o‘zlashma qatlamining umumiy va farkli jihatlariga oid natijalaridan K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bajarilgan IL - 422105582 “O‘zbekiston badiiy ta’limi tizimida “onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-03-72-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada tarixiy jarayonlarni o‘rganish asosida badiiy ta’lim rivojining asosiy bosqichlariga mansub kam o‘rganilgan yoki avvallari noma’lum bo‘lgan manbalar va ularning shakllanish tamoyillarini yoritishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida san’atshunoslik diskursida stilistik vositalarning davriylik, harakatchanlik, yaxlitlik, moslashuvchanlik, uzluksizlik kabi belgilar orqali o‘quvchini ma’lum bir faoliyatga undash, ta’sir o‘tkazish, stereotiplarni yaratish omili sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida bajarilgan IL-402104356 “Tasviriy va amaliy san’at terminlarining o‘zbek va ingliz tillaridagi elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 02-10/6855-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy san’atshunoslik diskursi konseptualizatsiyasi orqali san’at olamini yangicha idrok etishga xizmat qilgan;
san’atshunoslik diskursining olamning lisoniy manzarasini yaratishdagi o‘rnining til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlariga asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga  asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 30 noyabrdagi 01-17/619-1373-son ma’lumotnomasi). Natijada anjumanda ko‘tarilgan muammoni echimida  sotsialingvistik diskurs natijasida  milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlarning turli xil madaniyatlarda o‘ziga xosligi aniqlashga xizmat qilgan;
san’atshunoslik diskursining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan sotsiolingvistik omillarni aniqlash orqali yangi avlod san’atshunoslik diskursining “klassik” diskursdan farq qiluvchi mezonlariga oid xulosalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida bajarilgan IL-402104356 “Tasviriy va amaliy san’at terminlarining o‘zbek va ingliz tillaridagi elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 02-10/6855-son ma’lumotnomasi). Natijada san’atshunoslikni sotsialingvistik jihatdan tushunishda, terminologik tizimning shakllanishi, taraqqiy etishi, shuningdek, ularning o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarini o‘rganishda tasviriy va amaliy san’atga doir terminlar ahamiyatini ko‘rsatishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish