Karimova Nilufar Ummatqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘qitishda “soft skilz”ni takomillashtirish (korporativ boshqaruv yo‘nilishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3563.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilhom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Urazbaev Hikmatullo Ismatullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining «soft skilz»ini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining «soft skilz» ko‘nikmasini rivojlantirish konsepsiyasining muloqot, hamkorlikda ishlash, tanqidiy va ijodiy fikrlash kabi komponentlari va ularning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy ko‘nikmalar va xususiy subkomponentlar xalqaro tajribaga asoslangan «soft skilz» freymlari orqali aniqlangan;
korporativ boshqaruv talabalarida «soft skilz» ko‘nikmasini takomillashtirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyatining akademik, kasbiy, ijtimoiy va psixologik faoliyat omillarini asoslash orqali ingliz tilini o‘qitish metodikasi va o‘quv-uslubiy ta’minoti ilk bor «soft skilz» turlari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining «soft skilz»ini rivojlantirishda ingliz tili fanining pedagogik potensialini belgilovchi ingliz tili ta’limining maqsadi, tabiati, fanlararo integratsiya, fanni o‘qitishning ijtimoiy shakllaridan foydalanishga doir determinantlarni aniqlash orqali ingliz tilini o‘qitish jarayoniga «soft skilz»ni integratsiya qilishga qaratilgan didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
chet tilini o‘qitishda talabalarda «soft skilz» komponentlarini rivojlantirishda talabalarning tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni aniqlash orqali loyihaga asoslangan ta’lim yondashuvida uch bosqichli - mazmunni o‘rganish, muammoni hal etish, o‘zaro qayta aloqani ta’minlashga qaratilgan mikro texnologiyalar tizimidan foydalanish samaradorligi dalillangan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tilini o‘qitishda «soft skilz»ni rivojlantirish usullari (loyihaga asoslangan ta’lim yondashuvi orqali) yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
xalqaro miqyosida ishlab chiqilgan «soft skilz» qoliplarini qiyoslash-taqqoslash usuli orqali o‘rganish asosida oliy ta’lim tizimi bitiruvchilari uchun eng muhim bo‘lgan muloqot, hamkorlikda ishlash, tanqidiy va ijodiy fikrlash kabi «soft skilz» komponentlari va ularning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy ko‘nikmalar va xususiy subkomponentlarni aniqlashga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining A-1-209 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha- inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 11 apreldagi 22/226-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashga xizmat qilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining «soft skilz»ini rivojlantirishda ingliz tili fanining pedagogik potensialini asoslovchi ingliz tili ta’limining maqsadi, tabiati, fanlararo integratsiyaga oid, fanining o‘qitishning ijtimoiy shakllaridan foydalanishga doir determinantlar aniqlangan va ingliz tilini o‘qitish jarayoniga «soft skilz»ni integratsiya qilishning ilmiy-nazariy asoslaridan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida bajarilgan «561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP» nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 06/932-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanma va dasturlarni boyitishga erishilgan;
oliy ta`lim talabalarida «soft skilz»ni takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyatini ifodalovchi akademik faoliyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy faoliyat va psixologik faoliyat omillari tasnifidan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433 xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 06/933-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki OTM o‘rtasida ishlab chiqilgan bakalavr bosqichi, xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishida kredit tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunan boyitildi.