Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Ta’lim natijalari konsepsiyasi asosida professional ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped289. 
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Zebo Sharipovna,  pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim natijalari konsepsiyasi asosida professional ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’limda dialektik asoslangan ta’lim natijalari aks etgan   ta’lim mazmuni  ketma-ketlik, amaliyotga yo‘nalganlik va muvaffaqiyatli strategik mezonlari orqali pedagogik tamoyillar, pedagogik yondashuvlar, pedagogik kategoriyalar, pedagogik mezonlarning yaxlit tizimi diagnostik, texnologik, mazmunli va maqsadli faoliyatlar uzviyligida hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va didaktik shart-sharoitlar ta’minoti  rivojlantirilgan;
o‘quvchining ta’lim muassasasidan keyingi professional faoliyati asosida ishlab chiqilgan bilimlar manipulyasiyasini amaliyotga joriy etish natijasida hamda kasbiy kompetentlik tuzilmasiga daromad qilish kompetensiyasini pedagogik kategoriya sifatida kiritish orqali fan va amaliyot dasturlari takomillashtirilgan;
ta’lim natijalariga yo‘naltirilgan professional ta’limda bilim, ko‘nikma va malakalar evolyusiyasini turkum kompetensiyalar (umummadaniy, umumkasbiy, kasbiy va shaxsiy) asosida  o‘quv jarayonining didaktik bosqichlari (o‘qish, o‘ylash, anglash, idrok qilish, tafakkur qilish, tasavvur qilish va bunyod qilish)ni transformatsiyalash natijasida professional ta’limning kopseptual modeli  takomillashtirilgan;
intensiv iqtisodiy rivojlanish va rakamli iqtisodiyot, yashil texnologiyalar va energotejamkorlik muhitida professional ta’lim o‘quvchilarida turkum kompetensiyalarni shakllantirish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan simulyasion  texnologiyalar bosqich (motivatsiya, brifing, biznes jarayon, debrifing va yakuniy) larini ta’lim natijalari asosida shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida ijtimoiy-iqtisodiy (kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik darajasini kamaytirish) vaziyat talablari asosida moddiy qiymat yaratish (sifatli mahsulot etishtirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va sifatli xizmat ko‘rsatish) orqali daromad qilish kompetensiyasi ta’lim sifatining indikatori  sifatida  ijtimoiy va iqtisodiy divident asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim natijalari konsepsiyasi asosida professional ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’limda dialektik asoslangan ta’lim natijalari aks etgan   ta’lim mazmuni  ketma-ketlik, amaliyotga yo‘nalganlik va muvaffaqiyatli strategik mezonlari orqali pedagogik tamoyillar, pedagogik yondashuvlar, pedagogik kategoriyalar, pedagogik mezonlarning yaxlit tizimi diagnostik, texnologik, mazmunli va maqsadli faoliyatlar uzviyligida hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va didaktik shart-sharoitlar ta’minotini  rivojlantirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 89-01-843-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot doirasida ishlab modenizatsiyalashtirilgan ta’lim mazmunini professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
professional ta’lim tizimida ta’lim natijalari konsepsiyasi asosida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’limni modernizatsiyalashning konseptual modeliga asoslangan nazariy-pedagogik modeli professional darajadagi kasblar bo‘yicha ta’lim dasturlarini mazmunan rivojlantirish va maqsadli, mazmuniy, texnologik-jarayoniy, diagnostik-natijaviy komponentlar uyg‘unligida hamda tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar asosida ishlab chiqishga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi “Professional ta’lim tizimi dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish to‘g‘risida”gi 288-sonli buyrug‘i ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 89-01-843-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model professional ta’lim davlat standarti va professional standartlari talablarini ta’lim natijalari yordamida uzviylashtirish asosida ta’lim muassasalari o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va turkum kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
motivatsion muhitda bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi  o‘qish, o‘ylash, anglash, idrok qilish, tafakkur qilish, tasavvur qilish, bunyod qilish tipidagi yangi taksonomik didaktik bosqichlarni ishlab chiqish hamda Java-eclipce, Android program dasturiy muhitida o‘qitishni vizuallashtirish (Visual Studio) natijasida takomillashtirishga oid takliflar “Santexnika ishlari texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi va “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” elektron darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 89-01-843-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma va elektron darslik professional ta’limda o‘quvchilarni turkum kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’limda simulyasion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, kasbiy kompetentlikning mantiqiy tuzilmasini loyihalash orqali o‘qitishning axborot-didaktik ta’minotini rivojlantirish, o‘quvchilarida yaratuvchanlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi o‘z mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda kasbiy kompetensiyalarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston-Shveysariya “O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” IV faza loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 89-01-843-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’limda o‘qitish texnologiyalari ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish