Fayzullayeva Mavlyuda Xamzaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek milliy taomlari va tanovul madaniyati (Surxon vohasi materiallari asosida)”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
II. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tar181.
Ilmiy maslahatchi: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Doniyorov Alisher Xudayberdiyevich, tarix fanlari doktori, professor; Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Surxon vohasi aholisi ijtimoiy-madaniy hayotida an’anaviy taomlar va tanovul madaniyati hamda taomlar bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarni dala etnografik ma’lumotlar asosida hamda antropologik uslubda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Surxondaryo vohasi aholisi an’anaviy taomlari va tanovul madaniyatining o‘ziga xos lokal xususiyatlari “umumiylik” va “o‘ziga xoslik” kabi qiyosiy kategoriyalar kontekstida ovqatlanish tizimi (salomatlik manbai, oziq-ovqatlar xavfsizligining ekologik xususiyatlari, madaniyat kodi, taomlanish antropologiyasi, gastronomik turizm, identifikatsiyalash vositasi), tartibi (nonushta (ertalabki choy), choshgoh, tushlik (peshin), tamaddi, kechki ovqat) hamda oilada ayollarning mehnat taqsimoti, huquq va majburiyatlaridagi o‘rni asoslangan;
vohada taomlanish tartibi, dasturxon etiketi (dasturxonni bezatish, ovqatlanadigan kishilarni kutish, taomni taqsimlash, tilak tilash, xotirlash yoki eslashyod olish va bir-biriga mulozamat ko‘rsatish), odobi va birga ovqatlanuvchilarning o‘zaro munosabatlari, mehmondo‘stlik va undagi o‘zgarishlar, taomlarning tarkibi va tayyorlanishiga tabiiy-geografik, xo‘jalik, tarixiy-madaniy hamda kundalik turmush tarzidagi odatiy omillar ochib berilgan;
voha aholisi (o‘zbek, tojik, turkman va boshq.) dasturxonining o‘ziga xos elementlari, ko‘rinishi va xususiyatlari, marosimiy kultlar (urf-odatlar, marosimiy taomlarni tanovul qilish bilan bog‘liq marhum kulti), erkaklar, ayollar va bolalar taom tanovulining jamoaviy jihati, ijtimoiy munosabatlarni aniqlovchi omilligi hamda (maxsus) taomlarni tanovul qilishda harom va halolga e’tibor qaratilish jihatlari dalillangan;
an’anaviy taomlar va ularning tanovuli aholi kundalik turmush tarzi va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oilaviy-maishiy va taqvimiy marosimlarining muhim qismlaridan biriga aylanishi bilan bog‘liq holda tayyorlanadigan maxsus marosim taomlarining paydo bo‘lganligi dalillangan;
vohada an’anaviybrend taomlar genezisi va saqlanib qolish sabablari, urf-odat va marosimlar bilan bog‘liq taomlar nafaqat moddiy, balki ma’naviy ehtiyojni qondirish vositasi ekanligi hamda taomlarning tabu, magik afsungarlik funksiyasini ham bajarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasi aholisi an’anaviy taomlari va tanovul madaniyatini etnografik ma’lumotlari asosida tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
vohaning o‘ziga xos etnografiyasi, xo‘jalik turmush tarzi, xilma-xil etnoslar va etnografik guruhlarga xos moddiy madaniyatning bir bo‘lagini o‘zida aks ettiruvchi o‘zbek taomlari va tanovul madaniyati, jumladan, marosim, kundalik va bayram taomlari ilmiy jihatdan tavsiflangan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021-yil 21-oktabrdagi 03/469371son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari turizm sohasida faoliyat yuritayotgan muzeylar ekspozision rejalarini tuzish, ko‘rgazmalarni tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda xizmat qilgan;
vohada turli tarixiy davrlarda kechgan etnomadaniy jarayonlar ta’sirida yangi inoetnik taomlarning kirib kelishi va mintaqaga xos an’anaviy taomlarning transformatsiyalashuvini yoritish hamda hududdagi turli etnik jamoalarning an’anaviy taomlarini qiyosiy o‘rganish va aholi integratsiyasi natijasida an’anaviy taomlardagi tafovutlar asta-sekin yo‘qolib borib, umumo‘zbek yoki umummintaqaviy xususiyatlar aks etgan tadqiqot natijalaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2021-yil 12-oktabrdagi 0132-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘zbek xalqi nomoddiy merosini asrash, targ‘ib etish va voha brend taomlarini YuNESKO ro‘yxatlariga kiritish uchun nomzodnomalar tayyorlashda xizmat qilgan;
an’anaviy taomlar insoniyat kundalik turmush tarzi va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular oilaviy-maishiy va taqvimiy marosimlarining muhim bo‘laklariga aylanishi natijasida ma’lum bir an’ana va urf-odat bilan bog‘liq holda tayyorlanadigan maxsus marosim taomlari hamda tanovuli ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi telekanalining “Etno” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 13-oktabrdagi 02401612son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘zbek xalqi tarixiy va madaniy merosini asrash, boyitib borish va yosh avlodni moddiy madaniyatga oid bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
voha aholisi dasturxon etiketi, dasturxon odobi va birga ovqatlanuvchilarning o‘zaro munosabatlari, mehmondo‘stlik marosimi jihatlari hamda taomlarning tarkibi va tayyorlanishiga tabiiy-geografik, xo‘jalik, tarixiy-madaniy hamda kundalik turmush tarzidagi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aks etgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 22-noyabrdagi 02/08/1498–son dalolatnomasi). Natijalar “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga yetkazishga xizmat qilgan;
Surxon vohasida istiqomat qilayotgan o‘zbek, tojik, turkman va qozoq millatlariga mansub aholining, shuningdek, boshqa rang-barang etnik guruh va urug‘lar kundalik turmushining turli qirralari aks etgan etnologik xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021-yil 08-noyabrdagi 14-07-2008son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy-amaliy konferensiyalari, seminarlari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish