Norbo‘taev Parda Panjiyevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubiy O‘zbekiston aholisi etnik xususiyatlarining xalq dostonlarida aks etishi”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tar.75.
Ilmiy rahbar: Rajabov Rustam A’zamovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 40-yillari – XXI asr boshlari O‘zbekiston janubiy hududlari aholisi dostonlarida etnografiyaga oid ma’lumotlarni dala materiallari asosida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning janubiy hududlari xalq baxshilari ijodidagi “Alpomish” dostoni variantlarida aks etgan etnoslararo munosabatlar, qirg‘iz xalqining “Manas” dostonida talqin etilgan etnik parallellar qiyosiy-tipologik, retrospektiv usullarga ko‘ra ochib berilgan;
“Alpomish” va “Yozi bilan Zebo” dostonlarida mintaqa aholisining xo‘jalik faoliyatidagi chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilikka oid urf-odatlarning mahalliy xususiyalari etnologik izchillik va kuzatuv usullari asosida ochib berilgan; 
“Alpomish” dostonining o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq variantlarida ifodalangan bolalik davri va oilaviy nikoh munosabatlari etnologik izchillik, qiyosiy-tipologik va retrospektiv usullarga ko‘ra dalillangan;
Janubiy O‘zbekiston aholisi dostonchilik an’anasining “Alpomish”, “Yozi bilan Zebo va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarida talqin etilgan qadimiy diniy e’tiqodlarning mahalliy xususiyatlari etnologik jihatdan aniqlangan;
etnologiya va folkloristikadagi qarashlar xalq og‘zaki ijodi an’analarini qiyosiy-etnografik, tarixiy-qiyosiy, kartografik va qiyosiy-tipologik, fanlararo yondashuv usullar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 40- yillari - XXI asr boshlarida janubiy hududlar baxshilari tomonidan ijro etilgan dostonlarda aks etgan urf-odat, an’analarni etnologiya fani nuqtai nazaridan o‘rganish natijalari asosida: 
O‘zbekistonning janubiy hududlari dostonchiligi an’analarida muhim o‘rin tutgan “Alpomish”, “Yozi bilan Zebo” dostonlari misolida aholining oilaviy-maishiy va xo‘jalik madaniyatiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillardagi targ‘ibot tadbirlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 16-noyabrdagi 144-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash, rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat, e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan; 
“Alpomish”, “Yozi bilan Zebo” dostonlarida aks etgan janubiy hududlar aholisi hunarmandchilik kasbi-kori bilan bog‘liq etnografik ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligiga tegishli Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Xalq amaliy san’ati va etnografiyasi” bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2021-yil 19-noyabrdagi 03-01/216-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari doirasida muzey fondida 10 dan ziyod eksponatlar yig‘ilgan hamda ular ekspozision rejalarni tuzishda va ko‘rgazmalar tashkil etishda, ekskursiya matnlarini yangi nazariy matnlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Janubiy mintaqa aholisining “Alpomish”, “Yozi bilan Zebo” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining tarixiy ahamiyati, etnografik xususiyatlari, umumiy va o‘ziga xosligi masalasi yangi fakt va ma’lumotlar asosida, shuningdek, xalqlar do‘stligi va ijtimoiy muammolar, madaniy va ma’naviy an’analarga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining Mustaqillik davri ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021-yil 18-oktabrdagi 159-son ma’lumotnomasi). Natijalar dostonlarda talqin etilgan xalq etnik tarixi, oilaviy-maishiy marosimlari va xo‘jalik xususiyatlariga oid ma’lumotlarni maxsus tadqiq etish etnologiya fani uchun noyob va qimmatli etnografik materiallarni yetkazib berishga xizmat qilgan;
“Alpomish”, “Yozi bilan Zebo” dostonlari va baxshilar faoliyatidagi qo‘shiqlarda aks etgan janubiy hududlar aholisini xo‘jalik madaniyatining mahalliy xususiyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 19-noyabrdagi 01-40-1761-son ma’lumotnomasi). Natijalar dostonlarning hozirgi davr yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati, milliy ma’naviyatning yuksalishidagi ta’sirini oshirishda xizmat qilgan.
Vohalarning “Alpomish”, “Yozi bilan Zebo” dostonlarida bolalik davri bilan bog‘liq urf-odatlar, oilaviy-nikoh munosabatlari, nikoh shakllari va qadimiy diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq udumlar aks etgan tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasini IV-“Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limining 21-bandi: “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimiz, yengilmas sarkarda va arboblarimizning bebaho merosi, milliy qahramon (“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Tohir va Zuhra”, Yozi bilan Zebo)” larimiz jasoratini yoshlar ongi va shuuriga bolalik davridan boshlab singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, siyosiy-milliy madaniyatini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021-yil 19-noyabrdagi 02/03-389-son dalolatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ish rejasida foydalanishi hamda amaliyotga joriy etilishi fuqarolarning milliy va umumbashariy qadriyatlarini rivojlantirish, jamiyat barqarorligini ta’minlashning mafkuraviy omillariga partiya e’tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish